E’tiborga muhtoj insonlarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish-xalqimizga xos ezgu fazilat.
Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi D.Yusupov boshchiligida bojxona xodimlari, Nurota tumani hokimi A.Fayziyev, viloyat Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi boshqarmasi boshligʻi O.Safarovlar Nurota “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida boʻlishdi.
Tashrif davomida 225 oʻrinlikka moʻljallangan internat uyida vasiylikka olingan shaxslarga yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganildi.
U yerda istiqomat qiluvchi iste’dodli tarbiyalanuvchilarining ijod namunalari bilan yaqindan tanishildi.
Shu bilan birga, tashrif davomida “Muruvvat” uyidagi mavjud muammolar oʻrganilib, ularning yechimlari yuzasidan amalga oshiriladagan ishlar kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida “Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida sovgʻalar topshirildi. Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas. Insonning jismoniy holati qandayligidan qat’iy nazar, uning qalbi hamisha sohir tuygʻular va goʻzal hislarga oshno boʻladi.