Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 22.03.2025 11:40

22-mart Oʻzbekistonda mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyevning bayram tabrigi

Hurmatli mahalla fidoiylari!

Sizlarni 22-mart Oʻzbekistonda mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Mahalla – tarbiya oʻchogʻi, urf-odatlar, anʼana va qadriyatlar eʼzozlanadigan qutlugʻ dargoh va har bir inson hayotida muhim oʻrin tutadigan muqaddas maskandir. Zero, bu oshiyon insonni jamiyat bilan birga yashashga oʻrgatadigan, shu ruhda tarbiyalaydigan beqiyos makondir.

Hozirgi kunda tumanimizdagi 31 ta mahallalarimizda “Mahalla yettiligi” oʻz faoliyatini olib bormoqda. Bugun mahalla tizimiga berilgan eʼtibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar bois tumanimizdagi mahallalarning ham qiyofasi zamonaviy tus olib, moddiy texnika bazasi tubdan yaxshilanmoqda.

Bir soʻz bilan aytganda, davlatimizning barqaror rivojlanishi, xalq farovonligining oshishi, fuqarolarimizning oʻz hayotidan rozi boʻlib, ertangi kunga qatʼiy ishonch bilan munosib hayot kechirishini taʼminlash boʻyicha oldimizga qoʻygan maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirishda jamiyatning eng muhim boʻgʻini hisoblangan mahalla institutining oʻrni va ahamiyati beqiyosdir.

Mahalla – ona maskan, sogʻlom ijtimoiy muhitdir. Bu yerda kuchli taʼsirga ega boʻlgan jamoatchilik fikri mahalla aholisining xulq – atvori, oʻzaro munosabatlarini adolat va maʼnaviy mezonlar asosida tartibga solib turadi.

Hurmatli mahalla faollari!

Fursatdan foydalanib, barchangizni yana bir bor 22-mart — “Mahalla tizimi xodimlari kuni” bilan chin qalbimdan tabriklayman. Kasb bayramingiz barchangizga muborak boʻlsin! Oilalaringizdan tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka arimasin. Xalq farovonligi, jamiyat taraqqiyoti, oilalar tinchiligi va mahallalar obodligi yoʻlidagi samarali faoliyatingiz yanada barakali boʻlsin!