Yangi tartib prezident qarori asosida 1-yanvardan kuchga kirdi. Unga koʻra, olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislarga:
50 BHM (1-fevraldan – 12 250 000 soʻm) bir martalik boshlangʻich yordam puli;
uy-joylarni ijaraga olganlik uchun 2 BHM (1-fevraldan – 490 000 soʻm) har oylik pul kompensasiyasi beriladi.
«Bundan maqsad – olis hududlardagi budjet tashkilotlarida aholiga koʻrsatiladigan xizmatlarning sifatini oshirish»
Tibbiyot xodimlariga yordam puli koʻproq
Endilikda tibbiy OTMni oxirgi 3-yil ichida tamomlagan va boshqa hududda yashovchi tibbiyot xodimi olis va chekka hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga qabul qilinganda, ularga kamida 3-yil ishlab berish sharti bilan:
30 million soʻm bir martalik boshlangʻich yordam puli;
uy-joyi boʻlmaganlarga esa 3 yil davomida xizmat uy-joylari yoki 2 BHM (1-fevraldan – 490 000 soʻm) har oylik pul kompensasiyasi beriladi.
«Olis hududlardagi aholi malakali tibbiy xizmatdan foydalanishda qator muammolarga duch keladi. Qaror bilan shu muammolarni hal qilish, chekka hududlarga malakali tibbiy xizmat yetib borishini ta’minlash»
Olis hududlarda yashab, ishlayotganlarga taalluqli emas
Pedagoglarga qanday talablar qoʻyiladi?
Toʻlovlar aynan qanday toifadagi pedagoglarga toʻlanishi boʻyicha uchta asosiy koʻrsatkich bor:
oliy yoki birinchi toifali boʻlishi;
boshqa hududdan kelib ishlashi (tumandan boshqa tumanga, viloyatdan boshqa viloyatga);
oxirgi maktabida bir yil davomida ishlagan boʻlishi kerak. Ya’ni «qizil» hududga jalb qilinayotgan oʻqituvchi «yashil» hududdagi maktabda oxirgi bir yilda ishlagan boʻlishi talab qilinadi.
Pedagoglar uchun ustamalar ham bor
2021-yil 1-martdan boshlab, «qizil» maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan pedagoglarga quyidagi miqdorda maxsus ustamalar toʻlanadi:
bir ma’muriy-hududiy birlik doirasida boshqa tuman va shahardan kelib ishlayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
boshqa ma’muriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz.
Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan («qizil») maktablar roʻyxatini XTV va Ta’lim inspeksiyasi tuzadi. Roʻyxat vazirlik saytida e’lon qilinadi.
Boshqa hududlardan jalb qilingan pedagoglarga maxsus ustamalar ular borgan maktab «qizil» toifadan chiqqan yildan keyingi yil uchun ham toʻlanadi.
Shifokorlarga qanday talab bor?
Oʻqituvchilardan farqli ravishda, tibbiyot xodimlari uchun toifasi boʻyicha shartlar qoʻyilmagan. Tibbiyot yoʻnalishidagi OTMni bitirgan kadrlar olis hududlarga borib ishlaganda, oʻqish shaklidan qat’i nazar (kunduzgi, sirtqi, kechki) kompensasiya toʻlab beriladi.
Olis va chekka hududlardagi budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan kelib ishlovchi mutaxassislarga tegishli hududlardagi zaxira yerlarlaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalari ajratiladi.