Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
1. 2023-yilning oʻtgan davri davomida hududiy investitsiya loyihalarining ishga tushirilishi, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda eksport prognozlarining bajarilishi toʻgʻrisida.
2. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini taʼminlash va zahirasini shakllantirish toʻgʻrisida.
3. Tumandagi hokim yordamchilari faoliyatini natijadorligini oʻrganish toʻgʻrisida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Nurota tuman Xalq qabulxonasiga 2023-yilning 3-choragida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar toʻgʻrisida.
4. Nurota tumani “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” mablagʻlarini “openbudget.uz” rasmiy veb sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish boʻyicha 2023-yilning birinchi mavsumida gʻolib deb topilgan takliflarga yoʻnaltirish toʻgʻrisida.
5. “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining Nurota tumanidagi ijrosi toʻgʻrisida
6. “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbaalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”.
7. Boshqa masalalar.