Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 29.03.2024 10:07

Pensiya tizimidagi xizmatlar - xalq farovonligi uchun

Pensiya toʻlovlarini vaqtincha toʻxtatib turishga onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratilganidan xabardormisiz?

Pensiya jamgʻarmasida axborot texnologiyalaridan foydalangan holda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish, byurokratik toʻsiqlarni tubdan qisqartirish, maʼlum vaqtlarini tejash, ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish yuzasidan elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi izchil takomillashtirib borilmoqda.

Xususan, pensiya toʻlovlarini vaqtincha toʻxtatib turishga elektron ariza yuborish xizmati joriy etilgan boʻlib: bunda, fuqarolar Davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qilish huquqiga ega.

Ushbu tizimni amaliyotga joriy etish orqali fuqarolar uchun quyidagi qulayliklar yaratildi: Davlat xizmatlaridan foydalanishda haftaning istalgan kuni va istalgan vaqtda YAIDXP orqali murojaat etish mumkin. Davlat xizmatlari koʻrsatish 5 soniyada amalga oshiriladi. Davlat xizmatlari koʻrsatilishida Pensiya jamgʻarmasi xodimlari ishtirok etmaydi. Bu esa oʻz navbatida aholining hamda keksa yoshdagi fuqarolarning mushkulini oson qilishda, mavjud muammolarini tezkorlik bilan bartaraf etishda xizmat qiladi.

2024-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar joriy etildi:

fuqarolar pensiya tayinlashni soʻrab qoʻshimcha ravishda Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali onlayn murojaat qilish huquqi berildi. Shuningdek, fuqaro jamgʻargan pensiya mablagʻlarini Xalq bankining mobil ilovasi orqali olish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, 2025-yil 1-martdan boshlab:

pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga pensiyalar “avtomatik” tarzda, yaʼni hech qanday hujjat talab etmagan holda va fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi; fuqaroning shaxsiga oid barcha maʼlumotlar vazirlik va idoralarning elektron bazalaridan olinadi.

Shuningdek, pensiyaga chiqmasdan ish faoliyatini davom ettirish istagida boʻlgan yoki pensiya miqdoridan norozi boʻlgan fuqarolarga “avtomatik” tayinlangan pensiyani toʻxtatish huquqi berilmoqda.

U yoki bu xizmatlardan fuqarolar quyidagi havola orqali foydalanishlari mumkin:

 https://my.gov.uz/oz/service/957

Bundan tashqari pensiya taʼminoti boʻyicha bir qancha interaktiv va masofaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati mavjud.