Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 01.07.2024 12:25

Sayyor qabul

Nurota tumani “Istiqbol” MFYda Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi raisi B.Djumayev hamda Navbahor tumanlararo fuqarolik sudi raisi A.Hamroyevlar tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining sayyor qabuli hamda davra suhbati oʻtkazildi.

Ushbu sayyor qabul va davra suhbati davomida sud raislari tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlariga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sayyor uchrashuvda sud huquq sohasida qonunchilikka kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar, ularning mazmun mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga maʼruzalar qilindi.



Uchrashuv davomida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan
2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 292-sonli qarori hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kredit majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish hamda aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun mohiyati, jumladan, kredit boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida koʻrsatilgan, kredit boʻyicha undiriladigan summaga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida hamda 734-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar, shuningdek, neustoyka hisoblanishi toʻxtatilishi belgilanganligi tushuntirildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida sudlarga daʼvo arizasi kiritish tartibi, ilova etiladigan hujjatlar hamda davlat boji miqdori, davlat boji toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash tartibi, qanday hollarda davlat boji toʻlamasdan sudga daʼvo arizasi kiritilishi boʻyicha ham tushuntirishlar berildi.

Djumayev Bekzod Abduvoxidovich
Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi raisi