Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Nurota tumanida 2022-2023-yillarda amalga oshirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi toʻgʻrisida.
2. Nurota tuman Adliya boʻlimi boshligʻining 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti toʻgʻrisida.
3. Nurota tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish shoʻbasi va Bolalarni himoya qilish masalalari boʻyicha tuman komissiyasi tomonidan 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida.
4. Yoshlar ishlari agentligi hamda ularning mahalladagi vakillari tomonidan 2022-yilda bajarilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida.
5. Boshqa masalalar.