Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 30.09.2022 15:11

“Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi xotin-qizlarga huquqiy tushuntirishlar berildi

Joriy yilning 29 sentyabr kuni Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi raisi SH.Xamidov tomonidan Nurota tumanining “Dehibaland” mahalla fuqarolar yig‘inida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning murojaatlarini o‘rganish maqsasida sud-huquq tizimida amalga oshirilgan islohotlar mazmuni, sudlarga murojaat qilish tartibi, kredit olish, uy-joy bilan bog‘liq hamda moddiy yordam olish masalalaridashuningdek, “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi xotin-qizlarga huquqiy tushuntirishlar berish maqsadida sayyor qabul va huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Sayyor qabulda mahallada yashovchi xotin-qizlarning kredit olish, uy-joy masalasida hamda moddiy yordam olish masalasidagi mavjud muammolari tinglanib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi.

SHundan so‘ng ma’ruzachilar tadbir ishtirokchilarining savollari va murojaatlariga tegishli tushuntirish va javoblar berishdi.

Navbahor tumanlararo

iqtisodiy sudi raisi SH.Xamidov