Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 15.09.2022 10:42

Nurota tumani mahalliy budjetining 2022-yil 2 chorak ijrosi toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-dekabrda qabul qilingan “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-742-sonli qonuni hamda Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining 2021-yil 31-dekabrdagi “Navoiy viloyatining 2022-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VI-29-65-5-0-K-21-sonli va Xalq deputatlari Nurota tumani Kengashining 2021-yil 31-dekabrdagi “Nurota tumanining 2022-yilgi mahalliy budjetini
tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-32-112-5-74-К/21-sonli qarorlarida belgilangan koʻrsatkichlar doirasida bajarilishi ta’minlandi.
Joriy yilda maxalliy budjet daromadlarining 2 chorak prognoz rejasi 8 909,7 million soʻm belgilangan boʻlib, haqiqatda 10 660,2 million soʻmga yoki 119,6 foizga ijro etildi. Budjetga qoʻshimcha 1750,4 million soʻm daromad tushirildi.
Shuningdek, joriy yil mahalliy budjet daromadlarining birinchi yarim yillik prognoz rejasi 13 806,3 million soʻm belgilangan boʻlib, haqiqatda 17 852,2 million soʻmga yoki 129,3 foizga ijro etildi. Budjetga qoʻshimcha 4045,9 million soʻm daromad tushirildi.
Tuman mahalliy budjetini xarajatlar qismi 2022-yil birinchi yarim yilligida 83 351,6 million soʻm rejalashtirilgan boʻlib, rejaga asosan 75 941,1 million soʻm mablagʻlar belgilangan tartibda moliyalashtirilishi ta’minlandi.

BATAFSIL