Assalomu-alaykum hurmatli tadbir ishtirokchilari, aziz oʻquvchilar!
Atrof tillarang tusga kirib, tabiatning yana bir fasli – oltin kuz kirib keldi. Yoz boʻyi miriqib dam olgan oʻgʻil-qizlar yana maktab tomon yoʻl olishdi. Beshinchi sentabr – Bilimlar kuni oʻquvchilarni oʻz bagʻriga chorladi. Boshlangan yangi oʻquv yilida tumanimiz maktablarining 1-sinflariga 1506 nafar oʻquvchi qabul qilinib ularga 12 nomdagi oʻquv-qurollari “Prezident sovgʻa”lari bepul tarqatildi. Barcha ta’lim muassasalari singari 4-umumta’lim maktabida ham “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida yangi oʻquv yilining boshlanishi – bilimlar kuni tadbiri bilan barcha ustoz-murabbiylar va oʻquvchi-yoshlarni chir qalbimdan tabriklayman. Maktab uzra jaranglagan davlatimiz madhiyasi har bir oʻgʻil-qizni oʻqishga, ilm choʻqqilarini zabt etishga va yangi maqsadlar sari dadil intilishga undadi. Aminmanki, 1-sinfga qabul qilinayotgan yoshlar chuqur bilimi, keng dunyoqarashi va aqlu zakovati bilan ertangi kelajagimizning munosib egalari boʻlishadi. Oʻtgan 2021-2022 oʻquv yili yakuni bilan tumandagi 53 ta umumiy oʻrta ta’lim maktablarini bitirgan 746 nafar bitiruvchilardan 265 nafari (36%) respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari talabasi boʻlishdi bu koʻrsatgich oʻtgan oʻquv yili bilan solishtirsak 7 foizga oshganligi ma’lum.
Hurmatli tadbir ishtirokchilari!
“Agar biz ta’limni oʻzgartirsak, ta’lim insonni oʻzgartiradi. Inson oʻzgarsa – butun jamiyatimiz oʻzgaradi” degan hurmatli Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev. Tumanimizda 2021-2022 oʻquv yilda 1 ta maktab qayta rekonstruksiya va kapital ta’mirlandi hamda 3 ta yangi oʻquv qoʻshimcha bino qoʻrilib foydalanishga topshirildi. Bitiruvchi yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2020-yilgi 22 foizdan – 2021-yilda 34 foizga, 2022-yilda 39 foizga yetkazildi. Yaqin kelgusida ushbu koʻrsatkichni 55-60 foizga yetkazish moʻljallanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari davomida ta’lim tizimiga oid berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻqituvchilarining metod kunlarida ularga muntazam ravishda amaliy-metodik yordam koʻrsatib borish, pedagogik mahoratini va kasbiy malakasini oshirib borish, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda oʻqitishning ilgʻor uslublarini dars jarayoniga targʻib etish, kabi ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Ma’naviy uygʻoq jamiyatni, oʻz oldiga ulkan vazifalar qoʻyib, kelajak sari ishonch bilan borayotgan yoshlarni hech kim oʻz yoʻlidan toʻxtata olmaydi. Bunday yoshlarni yaratganimiz ham qoʻllab-quvvatlaydi, doimo yoʻlini ochib beradi.
Barchangizga ma’lumki, 2020-yil 30-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami munosabati bilan tarixda ilk marotaba respublikamizda faoliyat yuritayotgan fidoyi ustozlarni ushbu qutlugʻ ayyom bilan samimiy muborakbod etib oʻtkazilgan videoselektorda "Oʻzbekistonda eng obroʻli inson -Muallim boʻlishi, butun jamiyat shunga e’tiborini qaratishi kerak!" deb bejiz ta’kidlab oʻtmadilar.
Hurmatli tadbir ishtirokchilari!
Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorugʻ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bogʻliq.
Buyuk yunon olimi Aristotelning “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, degan soʻzlari bor. Qarang, bu fikrlar miloddan avval aytilgan. Demak, insoniyat ongli hayot kechira boshlagan davrdan buyon ta’lim va tarbiya masalasi, doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Bir oʻylab koʻraylik, dunyodagi rivojlangan davlatlar qanday qilib yuksak taraqqiyot va turmush farovonligiga erishmoqda? Eng avvalo, ilm-fan va ta’limga qaratilgan ulkan e’tibor tufayli emasmi?
Shuning uchun ham keyingi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, yangi Oʻzbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Bu borada oʻnlab muhim farmon, qaror va dasturlar qabul qilingani sizlarga yaxshi ma’lum.
Qolaversa, “Ta’lim biz uchun yo hayot - yo mamot masalasidir", "Jonkuyar, fidoyi muallimlar kerak!", "Maktabni oʻzgartirmay, odamlarni, jamiyatni oʻzgartirib boʻlmaydi" deb koʻplab takliflarni ilgari surib, jonkuyar rahbar va Ustozlarga boʻlgan e’tibor yanada kuchayib, boshimiz koʻkka yetdi, biroq bu kabi hurmat-ehtirom, e’tibrlarga “labbay” deb javob berib, oʻsib kelayotgan yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya, ularni ma’naviyatini oshirish, katta hayotga qadam qoʻyib oʻz pozitsiyasiga ega boʻlishlari fidoyi ustozlarga bogʻliq deb bilaman.
Aziz tadbir qatnashchilari!
Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda, oʻsib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk salohiyatli oʻz yurtiga sadoqat bilan xizmat qiladigan, farzandlarimizni ta’lim-tarbiyasi uchun fidokorona xizmat qilayotgan mehri daryo oʻqituvchilarga muhtaram Prezidentimizning shaxsan e’tiborlari natijasida, qisqa fursatda misli koʻrilmagan imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratildi.
Oʻqituvchi kasbining mavqyeyi va nufuzi kundan-kunga koʻtarilib, majburiy mehnat, obuna, ortiqcha qogʻozbozlik, ta’lim muassasalariga toʻgʻridan-toʻgʻri kirib borib, xech qanday asosiz tekshirishlarga chek qoʻyilib, oʻqituvchiga ta’luqli boʻlmagan yigʻilishlardan sharafli kasb egalari ozod etilganligini alohida ta’kidlamoq joizdir. Oʻqituvchini har bir rahbar, ota-onalar keng jamoatchilik hurmat qilib sizlab murojat etishini takidladilar. Tegishli tashkilotlarga oʻqituvchini moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar berish haqida topshiriq berdilar. Maktab rahbarlari va oʻqituvchilarga sifatli ta’lim berishlari uchun har qanday sharoit yaratib berishda barcha imkoniyatlarda foydalanishligini aytib oʻtdilar.
Yangi oʻquv yilida Prezidentimizning Siz pedagoglarga va oʻquvchi-yoshlarga bildirgan ishonchlaridan toʻgʻri xulosa chiqargan holda har bir maktab jamoasi oʻzining ish uslubidan keskin oʻzgartirish va sifat samaradorligini oshirishi zarurdir.
E’tiborlaringiz uchun rahmat!