Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar:
1. Tumanda “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” Davlat dasturining 2022-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi toʻgʻrisida;
2. Nurota tumanida xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-apreldagi “2022-2026-yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini ta’minlash boʻyicha Nurota tumanida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Nurota tumanidagi Xalq qabulxonasiga 2022-yilning ikkinchi choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqilishi muhokamasi toʻgʻrisida;
5. Tumanda 2022-yilning birinchi yarim yilligida yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish maqsadli koʻrsatkichlari natijalari toʻgʻrisida;
6. Yoshlar ishlari agentligi hamda ularning mahalladagi vakillari tomonidan bajarilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida;
7. Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi toʻgʻrisida;
8. Nurota tumanidagi oʻquv muassasalarida 2022-2023 oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida;
9. Tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 2022-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida;
10. Mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi bajarilishi lozim boʻlgan vazifalari toʻgʻrisida;
11. Boshqa masalalar.