Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 04.04.2025 14:41

Matbuot anjumani

Nurota tumani Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan «Besh tashabbus olimpiadasi» ning 2025-yil mavsumi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.


Unda 2024- yilda o‘tkazilgan «Besh tashabbus olimpiadasi» natijalari hamda 2025- yilda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan yoshlar dasturi bo‘yicha ma'lumotlar berildi.

Shuningdek,“Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-201-song Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida amalga oshiriladigan musobaqa va tanlovlarning o‘tkazish kunari haqida to‘xtalib o‘tildi hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan ma’lumotlar berilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizkim, joriy yilda Besh tashabbus olimpiadasi 22 ta Musobaqa va tanlovlar 5 bosqichda (Mahalla, Sektor, Tuman, Viloyat hamda yakuniy Respublika) bosqichlaridan o‘tkazilib, loyihalarning 13 tasi sport, 3 tasi san’at, 1 tasi axborot texnologiyalari, 3 tasi Kitobxonlik va intelektual o‘yinlar, 5 tasi Kasblar tanlovlari o‘tkaziladi.

Hozirgi kunga qadar loyihalar doirasida 26 303 nafar yoshlar maxsus sayt orqali ro‘yxatdan o‘tkazilib musobaqa va tanlovlarning mahalla bosqichida 15 769 nafar yoshlar ishtirok etdi va hozirda jarayon davom etmoqda.

Jumladan: mahalla bosqichidan boshlab 11 ta tanlov va loyihalar Shashka, Shaxmat, Vorkaut, Zakovat, Bosh prokuror kubogi uchun Kurash, Stol tennisi, Volleybol, Stritbol, Yengil atletika, Armrestling, Yosh kitobxon tanlovlar mahalla bosqichidan boshlab besh bosqichda o‘tkaziladi.