Ijtimoiy tarmoqlardagi “Nurota tumanidagi ekologik muammo” to‘g‘risida RASMIY MUNOSABAT
Nurota tuman poligoni 2014-yil tashkil etilgan bo‘lib, 1 gektar maydonni egallaydi. Ushbu poligon 2014-2017 yillar mobaynida tuman Obodonlashtirish tasarrufida bo‘lgan, shuningdek, tuman aholisidan hosil bo‘lgan qattiq maishiy chiqindilar poligon hududiga joylashtirilgan.
2017-2020 yillar davomida “Toza hudud” DUK tomonidan 2021-2024 yillarda esa DXSH (davlat xususiy sherikchilik) asosida “Mironshoh-Komfort servis” MCHJ tomonidan tasarruf etilgan. 2024 yil II- yarmidan boshlab “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi” DM balansiga o‘tkazilgan.
Yuqoridagi maʼlumotlardan ko‘rinib turibdiku, poligon bir nechta korxonalar tomonidan poligondan foydalanishda Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019- yil 17 -oktyabrdagi 12-sonli qarori ilovalariga talablari asosida ishlar tashkil qilinmaganligi, chiqindilarni betartib joylashtirilganligi oqibatida ayanchli holatga kelib qolgan.
Direksiya hisobiga poligon qabul qilib olingan vaqtida poligonda mavjud texnikalar yaroqsiz, taʼmirtalab holatda bo‘lgan.
Ushbu texnika Direksiya mablag‘lari hisobidan soz holatga keltirilib, bugungi kunda ish faoliyatini olib bormoqda.
Bundan tashqari, viloyat hokimligi tashabbusi bilan «Qizilqumsement» AJ korxonasining yirik hajmdagi maxsus texnikalari hasharga jalb qilinib, qariyb 2 gektarga yaqin yer maydoni rekultivatsiya qilindi.
Qolaversa, “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” DM moliyaviy yordamlari hisobidan yoqilg‘ilar ajratilib, ushbu poligondagi muammolar bosqichma-bosqich o‘z yechimini topmoqda.
Shuningdek, poligondagi soz texnika kunlik chiqindilarni ko‘mish ishlarini hamda poligon atrofida yengil uchuvchan paketlar hashar yo‘li bilan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu poligonni aholi va korxonalardan uzoq hududga ko‘chirish bo‘yicha takliflar berilgan bo‘lib, yil yakuniga qadar, poligon hududi boshqa yerga ko‘chiriladi hamda poligon to‘liq rekultivatsiya qilinib, manzara va buta ko‘chatlari ekilib, yashil hududga aylantiriladi.