Nurota tumanida Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ochiq muloqotda Nurota tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i I.Amonov so‘zga chiqib, 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilda belgilab olingan ustuvor vazifalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.
Jumladan, tumanda mehnat resurslar soni 45 612 nafarni tashkil etib, jami bandlar 33 536 nafarni, shundan iqtisodiyotning rasmiy sektorida 16 690 nafarni,iqtisodiyotning norasmiy sektorda 11 866 nafarni ishsizlar soni 1 906 nafarni, ishsizlik darajasi 5,4 foizni tashil etadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-12-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Mazkur Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Nurota bo‘yicha 2025 yilda jami 8 718 ming nafar aholini doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda bandligini ta’minlash rejalashtirilgan bo‘lib, bu buyicha tumanbay, maxallabay manzilli ruyxatlar shakllantirib olingan.
Aholi bandligini ta’minlash dasturi bo‘yicha 709 ta rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 1110 taga ya’ni 157 foizga bajarilgan:
Yo‘nalishlar kesimida ushbu ko‘rsatkichlar tahlil qilinganda quyidagicha:
-investitsiya kiritish hamda mahalliy sanoatni rivojlantirish yo‘nalishida 53 ta rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 94 taga 177 foizga bajarilgan.
-tijorat banklari tomonidan aholini doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirish va tadbirkorlikka jalb qilish yo‘nalishida reja 444ta bo‘lib, amalda 749 taga 169 foizga bajarilgan.
-qishloq xo‘jaligida (fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi) yo‘nalishida reja 120 ta bo‘lib,amalda 244 ta203 foizga bajarilgan.
-qurilish sohasi yo‘nalishida reja 92 ta bo‘lib,amalda 23 taga 25 foizga bajarilgan.
Joiy yilda 6 marotaba bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha “Mehnat yarmarka”lari o‘tkazilib, ushbu mehnat yarmarkasida jami: 187 nafar ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar qatnashib 62 nafar fuqarolar doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi, 92 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirilgan.
Shuningdek, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan 11 nafar fuqarolar zaxiralangan ish o‘rinlariga joylashtirilganligi ta’kidlandi.
Ochiq muloqot davomida mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan ma’lumotlar berilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.