“Ovozi tojik” gazetasining 2025-yil 22-fevraldagi № 16-sonida “Binoi mahalla kay obod meshavad?” sarlavhasi ostida e’lon qilingan maqola yuzasidan rasmiy munosabat
So‘ngi yillarda tumanda mahalla fuqarolar yig‘inlarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash borasida tizitmli ravishda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, 2017 yildan buyon hozirgi kunga qadar tuman bo‘yicha barcha shart sharoitlar va zamonaviy ko‘rinishga ega 15 ta mahalla binolari yangidan qurilishi ta’minlandi. Hozirgi vaqtda ham mahallalarni moddiy texnika bazasini mustahkamlash va yangi bnolar bilan ta’minlash ishlari bosqichma bosqich davom ettirilmoqda.
Shu jumladan, Kattasoy mahalla fuqarolar yig‘inining ma’muriy binosi mavjud bo‘lmaganligi sababli bugungi kunda moslashtirilgan binoda faoliyat olib borayotganligini inobatga olgnan holda fuqaroloar yig‘iniga yangi ma’muriy bino qurilishi uchun Kattasoy qishlog‘idan tuman hokimining 2021 yil 10 mayda K-374 sonli qarori bilan 0,2 ga yer maydoni ajratilgan.
Bundan tashqari, mahalla binosini yangidan qurish maqsadida 4 marotaba “Tashabbusli byudjet” loyihasiga taklifi kiritilgan. Jumladan, “Tashabbusli byudjet” loyihasiga 2023 yilda 1-mavsumida, 2024 yilda ham 1-2 mavsumida taklifi kiritilgan bo‘lib tanlovda yetarli ovoz ololmaganligi sababli g‘oliblik qo‘lga kiritilmagan.
Hozirda “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2025 yil 1 mavsumiga “Kattasoy” mahalla fuqarolar yig‘inining binosini yangidan qurish taklifi kiritilgan bo‘lib tanlovda g‘olib bo‘lish uchun mahalla fuqarolari yig‘ini tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Tanlov natijalaridan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan holda “Tashabbusli byudjet” loyihasi mablag‘lari hisobidan yoki kelgusida byudjet mablag‘lari hisobidan yangi mahalla binosi qurilishi ko‘zda tutilganligini ma’lum qilinadi.