Prezidentimizning 24.11.2020 yildagi PF-6118-sonli Farmoni asosida aliment undiruvlarni monitoring va nazorat qilish bo‘yicha yangicha mexanizm joriy etilgan bo‘lib, unga ko‘ra, aliment undiruvlari samaradorligi oshdi, to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lamayotgan shaxslarga nisbatan javobgarlik masalasi kuchaytirildi.
Xususan, bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar salmog‘ini oshirish, aliment qarzdorligini undirishga oid ijro hujjatlarining soni va summasini keskin qisqartirish, bu toifadagi ijro hujjatlarini qonuniy hal qilish orqali undiruvchilarning huquqini ishonchli himoya qilish maqsadida Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasida aliment undiruvi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Shtab (01.02.2025 yildan) tuzildi.
Joriy yilning 1 fevral kunidan hozirga qadar Byuroning Nurota tuman bo‘limi tomonidan qarzdor otalardan qariyb 157 mln. so‘mlik aliment pullari undirib berilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, aliment pullarini undirish maqsadida 59 nafar qarzdorlarning ish haqqilariga qaratildi.
Shu kabi, aliment to‘lovlaridan qarzdorligi yuqori bo‘lgan qarzdorlarga tegishli bo‘lgan 3 ta avtotransport vositasi va 3 ta ko‘chmas mulki xatlanib, savdoga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, ijro harakatlari davomida mavjud muammolarga o‘zgacha yondashilib, 15 ta oilalar yarashtirildi.
Hozirda bunday amaliy tadbirlar davom ettirilmoqda.