Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 24.02.2025 15:49

Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi oltinchi sessiyasi

Kun tartibidagi birinchi masala Sektor rahbarlari tomonidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda hududlarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalarning bajarilishi yuzasidan tuman sektor rahbarlarining hisoboti tinglandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala 2024 yil davomida Nurota tuman prokuraturasi tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Nurota tuman prokurori N.Avazovning hisoboti tinglandi.

Fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga ko‘maklashish yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i M.Nazarov hisobot berdi.

Sessiya kun tartibidagi keyingi masala tumanda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi hamda  tumandagi madaniyat muassasalarining holati, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan imkoniyatlar va turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida bo‘ldi.

Shuningdek, tumanda “Ayollar daftari” oltinchi bosqichiga kiritiladigan xotin-qizlar ro‘yxati hamda ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida;

2025 yilda Navoiy viloyati Nurota tumanida birinchi bosqichda ishga tushiriladigan “Zarbdor” tajribasi asosida shakllantirilgan “drayver” loyihalarning manzilli dasturi to‘g‘risida;

Tuman mahalliy budjetining 2025 yil boshida aniqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida;

Tuman tibbiyot birlashmasida shoshilinch yordam ko‘rsatish xizmati sifatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida mutasaddilarning hisobotlari tinglanib, Deputatlar  tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.