Nurota tumanida xotin-qizlar muammosi va “Ayollar daftari” bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Anjumanda dastlab tuman Nurota tumani hokimi o’rinbosari – oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’I G.Bobomurodova tomonidan xotin-qizlar bilan ishlash tizimi va ularga berilayotgan ko‘maklar, "Ayollar daftari" mablag‘larining sarflanishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar berib oʻtdi.
Matbuot anjumanida Nurota tumanida 2024-yil davomida 1898 nafar xotin-qizlarga bandlik xizmatlari ko‘rsatilib, xususan, 264 nafari doimiy ish bilan ta’minlangan, 33 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga joylashtirilgan, 53 nafariga mehnat qurollari uchun subsidiyadar ajratilgan, 123 nafari imtiyozli kreditlar bilan ta’minlangan, 196 nafar xotin-qizlar turli sohalarda o‘zini o‘zi band qilgan, 14 nafariga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer ajratilgan, 78 nafari hunmarmandchilik tarmoqlarida faoliyatini boshlagan, 226 nafari kasb-hunar hamda 311 nafari tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitilganligi ta’kidlandi.
Shuningdek, “Ayolllar daftari” tizimi doirasidagi vazifalar, xotin-qizlar muammolari bilan manzilli ishlash va ularga ko‘rsatilgan huquqiy yordamlar, ularning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash toʻgʻrisida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berilib, anjuman ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.