Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 27.12.2024 19:43

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari to‘rtinchi sessiyasi

XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI TO‘RTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Sessiya kun tartibidagi birinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 12 dekabrdagi “Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-430-sonli qarori to‘g‘risida axborot berildi.

Shuningdek, Nurota tumani mahalliy byudjetining 2024 yildagi ijrosi hamda 2025 yilgi mahalliy byudjet parametrlarini tasdiqlash yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Haydarovning hisoboti tinglandi.

Sessiya kun tartibi o‘rin olgan keyingi masala Nurota tumanida tanlab olingan eng og‘ir ahvoldagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha dastur doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni tasdiqlash yuzasidan tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i I.Amonovning hisoboti tinglanib, bir ovozdan deputatlar tomonidan tasdiqlandi.