Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 23.12.2024 20:00

Xalq Deputatlari Nurota tumani Kengashining uchinchi sessiyasi

Bugungi Xalq deputatlari Nurota tumani Kengashining navbatdagi uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar:

1. Tuman hududida “Istirohat bog‘i” tashkil etish hamda yer maydoni tanlash to‘g‘risida;
2. Huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
3. Nurota tumanida “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining 4- bosqichida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
4. Nurota tumanining 2025 yilgi mahalliy budjet parametrlarini tasdiqlash hamda tuman mahalliy budjetining 2024 yil 3-choragida shakllangan qo‘shimcha manbalar hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida;
5. Tuman tibbiyot birlashmasida amalga oshirilgan ishlar xususan, tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordamni ko‘rsatilishi holatlari to‘g‘risida;
6. Nurota tumani “Nurfaxr” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan “Mahalla yettiligi”ning 2024 yilda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida;
7.Boshqa masalalar ko‘rib chiqilib, bir ovozdan deputatlar tomonidan tasdiqlandi.