Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 05.12.2024 12:27

Ochiq muloqot

Yoshlar ishlari boʻlimi, ularning mahalladagi vakillari hamda tumandagi oʻquv markazlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.


Yoshlar forum doirasida oʻtkazilgan ochiq muloqotda tuman hokimi oʻrinbosari Sh.Vafoyev, Yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi U.Usmonov hamda oʻquv markazlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Ochiq muloqotda Nurota tumanida yoshlarga oid davlat siyosatining ijrosi, “Yoshlar daftari” boʻyicha koʻrsatilgan amaliy yordamlar, yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning boʻsh vaqtini toʻgʻri tashkil etish hamda xorijdagi yoshlar bilan ishlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Jumladan, tumanda 90,5 ming nafar aholi mavjud boʻlib, shundan 38 545 nafarini 0-30 yoshdagilar, 20 233 nafarini 14-30 yoshdagilar tashkil etadi.

Tumanda istiqomat qiluvchi 14-30 yoshdagi 20 233 nafar yoshlar xatlovdan oʻtkazilib “yashil”, “sariq”hamda “qizil”toifalarga ajratildi.

Yoshlarning bandligini ta'minlash yoʻnalishida

Yil boshidan 803 nafar yoshlarning bandligi ta'minlandi.

Ma'lumot uchun:

- 398 nafar doimiy ish oʻrinlariga;

- 56 nafari kasb-hunarga oʻqitildi;

- 23  nafariga 17 gektar er ajratib berildi;

- 24 nafariga subsidiya ajratildi;

- 40 nafariga kredit ajratildi;

- 262 nafarining oʻzini-oʻzi band qilindi.

“Yoshlar daftari” boʻyicha joriy yilning oʻtgan davri mobaynida kelib tushgan murojaatlar, xatlov va oʻrganishlar natijasida 606 nafar yigit-qizlar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lib, kasb-hunarga oʻrgatish, imtiyozli kreditlar, er maydonlari va subsidiyalar ajratish, ijtimoiy-moddiy qoʻllab-quvvatlash natijasida joriy yilda daftarga kiritilgan 538 nafar yoshlarning muammolari hal etilgan.

Yoshlarning boʻsh vaqtini toʻgʻri tashkil etish yoʻnalishida Respubdika bosqichiga yoʻllanma olganlar:

Stol tennisi musobaqasining 22-26 yosh toifasida B liga Respublika bosqichida faol ishtirok etishdi.

Stol tennisi musobaqasining 27-30 yosh toifasida A liga Respublika bosqichida faol ishtirok etishdi.

Para Stol tennisi musobaqasining 16-30 yosh toifasida Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritib faol ishtirok etishdi.

Stritbol musobaqasining 22-30 yosh toifasida S liga Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritib, faxrli 3 oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Voleybol musobaqasining 16-21 yosh toifasida S liga Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritib, Respublika bosqichida 2-oʻrinni egallashdi.

Yosh musavvirlar tanlovining ikki yosh  16-22 hamda 23-30 yosh toifasdaham Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.

Shashka musobaqasining 16-21 yosh toifasida S liga Respublika bosqichida 3-oʻrinni qolga kiritildi.

Kurash musobaqasi 57 kg toifasida Dehibaland MFY Ahmedova Oydinoy Uchqin qizi 16-30 yosh toifasida A liga Respublika bosqichida 3-oʻrinni qolga kiritildi.

Nurota tumanida xorijdagi yoshlar bilan ishlash yuzasidan 2024 yil davomida 65 nafar xorijiy migrasiyada boʻlganishsiz hamda qiyinchilikka uchragan yoshlar bilan individual ishlab, ularning vatanga qaytarilishiga erishildi. Hozirgi kunda ularning tumanda turli sohalarda bandligi ta'minlanishiga erishildi.

Jumladan:

-1 nafariga ekin er maydoni ajratib berildi;

- 5 nafari doimiy ish bilan ta'minlandi;

- 59 nafariga boshqa ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar koʻrsatilgan.

Shuningdek, ochiq muloqotda tumanda faoliyat yuritayotgan oʻquv markazlari faoliyati yuzasidan taqdimot oʻtkazilib, yerishilgan yutuqlari tahlil qilindi hamda kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalari belgilab olindi.