#SESSIYA
Bugungi Xalq deputatlari Nurota tumani Kengashining navbatdagi ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibida Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashi doimiy komissiyalarini tuzish va shaxsiy tarkibini tasdiqlash, Kengash kotibiyati toʻgʻrisida namunaviy nizomi va ish yuritish boʻyicha namunaviy yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida sessiya raisi Sh.Homidova hisoboti tinglandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-sonli Farmoni ijrosi toʻgʻrisida tuman hokimi oʻrinbosari Sh.Vafoyev hisobot berdi.
Sessiya kun tartibida Nurota tumanida yoshlarga oid davlat siyosatining ijrosi yuzasidan 2024-yil 10 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari hamda istiqbolli rejalari toʻgʻrisida. Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi U.Usmonovning hisoboti tinglanib, bir ovozdan deputatlar tomonidan tasdiqlandi.