Ijtimoiy tarmoqlarning birida Nurota tumani Nurfaxr MFY "Parpi Uzoq" massivida ichki xo‘jalik yo‘llari loy holda ekanligi toʻgʻrisida chop etilgan murojaat yuzasidan RADDIYA
Mazkur murojaat yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi.
Nurota tumani "Nurfaxr" MFY "Parpi Uzoq" massivida joriy yilning bahor- yoz oylarida jami 10 km ichki xo‘jalik yo‘llari joriy ta’mirlanib, tuproq yo‘llar shagʻallashtirilgan hamda 2 km yo‘l asfaltlashtirilgan.
Bundan tashqari mazkur mahallaning "Parpi Uzoq" massivida Navoiy suv ta'minoti" AJ Nurota tumani bo‘limi tomonidan aholiga 1,5 km tarmoq tortilib, toza ichimlik suvi bilan ta'minlangan.
Shu oʻrinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hamda jurnalist va blogerlardan aholi murojaatlarini bir tomonlama oʻrganmasdan aksincha, ikki tomonlama yondashgan holda jurnalistlik surishturuvini olib borishi maqsadga muvofiq ekanligini eslatib oʻtamiz hamda yolgʻon maʼlumot tarqatganligi uchun javobgarlik mavjudligini eslatib oʻtamiz.