Nurota tumanida “Tashabbusli byudjet” loyihasi orqali tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Nurota tumani hokimi A.Fayziyev raisligida sektor rahbarlari hamda moliya boʻlimi mutasaddi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-aprelda “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5072-sonli qarori ijrosi boʻyicha tuman mahalliy byudjeti mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yi| 29-iyuldagi KQ-787-IV-sonli Qaroriga асосан Tashabbusli budjet jarayonlarini o'tkazish hamda moliyalashtirish tartibi tog'risidagi nizomga қўшимча ва ўзгартиришлар киритилиб, саралашдан ўтган лойиҳаларга овоз бериш жараёни 10 кунни ташкил этди.
2024-yil 8 oyi davomida Nurota tumani “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” ga jami 13 684.3 mln soʻm mablagʻlar shakllantirildi.
2024-yil 1 mavsumida Nizom talablariga muvofiq “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”dan gʻolib takliflarni aniqlash 4 ta bosqichda amalga oshirilib, joriy yilning 1-iyul holatiga “Ochiq byudjet” axborot portalida takliflarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ovoz berish jarayonlari yakunlangandan keyin fuqarolar tomonidan bildirilgan 11 ta takliflar tizim tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda “Ochiq byudjet” axborot portalida gʻolib deb topildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “openbudget” rasmiy veb saytidan olingan ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra:
Nurota tuman Jarma MFY Jarma qishlogidagi 26-umumiy oʻrta ta’lim maktabi hududidagi boʻsh yer uchastkasida usti yopiq sunʼiy qoplamali stadion qurish taklifi (ID raqami 032298875006);
Nurota “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyiga 130 KVt lik quyosh panellari oʻrnatish loyihasi (ID raqami 032313488006);
Nurota tuman Nurobod mahalla fuqarolar yigʻini katta hududga ega boʻlib, mavjud koʻchalarga video kuzatuv kameralari oʻrnatish orqali markaziy videokuzatuv tizimini joriy etish taklifi (ID raqami 032297811006);
Nurota tumanidagi 40-umumiy oʻrta ta’lim maktabga bush yer uchfstkasida ochik sunʼiy futbol maydoni qurish, maktabning tashki fasad qismi taʼmirlash va koʻmirxona qurish taklifi (ID raqami 032322273006);
Oqtepa qishlogʻida joylashgan 25--umumiy oʻrta ta’lim maktabi oʻquvchilari uchun usti yopiq sunʼiy qoplamali minifutbol stadioni va yengil konstruksiyadan oʻquv binosi va metodik xonalar qurish taklifi (ID raqami 032325349006);
Nurota tumanidagi 47-umumiy oʻrta ta’lim maktabning hududidan 12x24 metr oʻlchamdagi yengil konstruksiyali zamonaviy barcha qulayliklarga ega,sport anjomlari bilan jihozlangan usti yopiq sport zal qurish taklifi (ID raqami 032328589006);
Nurota tumani Yangiturmush MFY aholi va yoshlari uchun boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, futbol musobaqalari tashkil etish maqsadida 20- umumiy oʻrta ta’lim maktabi hududidagi boʻsh yer uchastkasida usti yopiq sunʼiy qoplamali mini stadion qurib berish taklifi (ID raqami 032299030006);
Nurota tumanidagi 20-umumiy oʻrta ta’lim maktabini jihozlash boʻyicha taklifi (ID raqami 032329822006);
Sentob MFY Sob qishlogʻida Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun 21-umumiy oʻrta ta’lim maktabi hududida 45×25 vetr oʻlchamli usti yopiq suniy qoplamali Mini Futbol stadionini yoritish uskunalari bilan barpo yetish taklifi (ID raqami 032299552006);
Nurota tuman 10-umumiy oʻrta ta’lim maktabiga yengil konstruksiyali sport zal binosini qurish (sendvich panelli) taklifi (ID raqami 032312759006) gʻolib deb topildi.