Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 18.09.2024 16:35

Nurota tumani Dehibaland MFY aholisi toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi

Bugungi kunda mamlakatimiz aholisini ichimlik suvi ta‘minotini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Amaldagi islohotlar natijasida uzoq yillar davomida ichimlik suvi yetib bormagan chekka hududlar ham jadal sur’atlarda bosqichma-bosqich ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda.

Xususan, mamlakatimiz Prizidentining tegishli qarorlariga asosan Nurota tumani "Dehibaland" mahallasi aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 4,3 km tarmoq tortilib, mahallada istiqomat qilib kelayotgan 400 nafarga yaqin aholi xonadonlari markazlashgan ichimlik suvi tarmog'iga ulandi.

Ilk bor markazlashgan ichimlik suvi ta'minotiga ega bo'lgan mahalla ahli uchun bugungi kun chinakkam shodiyonaga aylanib ketdi. Marosimda "Navoiy suv ta'minoti" direktori O.Zaripov, "O‘zsuvta'minot AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi B.Qurbonov, Nurota tumani hokimi A.Fayziyev va tegishli mutasaddilar ishtirok etib, obi-hayot ne‘matidan bahramand bo‘lgan xonadon egalarini qizg'in qutlab, qurilish ishlarida jonbozlik ko'rsatgan soha xodimlariga alohida minnatdorchiliklar bildirdilar.

Aytish mumkinki, bugun xonadonlarga kirib kelgan obi-hayot hudud aholisi uchun haqiqiy istiqlol sovg‘asi bo‘ldi.