Nurota tumanidagi "Ergash Jumanbulbul o‘g'li" nomidagi bog‘da "So'zana va kashta" milliy hunarmandchilik san'ati festivali bo‘lib o‘tdi.
Festival avvalida Nurota tumani hokimi A.Fayziyev hamda Navoiy viloyati hokimi oʻrinbosari S.Mirzayev soʻzga chiqib festival ishtirokchilarini qizgʻin tabrikladi.
Shuningdek, festival davomida eng yaxshi ishtirokchi (hunarmandlar) ga diplom, esdalik sovgʻalarini tantanali ravishda topshirdilar.
Milliy qadriyat va an'analarimizni o‘zida mujassam etgan "So‘zana va kashta" milliy hunarmandchilik san'ati festivalida quyidagi nominasiyalar bilan taqdirlanishdi.
“Eng yaxshi Soʻzana va kashtachi”,
“Eng yaxshi Soʻzana va kashtachi maktabi ustasi”,
“Soʻzana va kashtachilik boʻyicha qadimiy sulola davomchisi”,
“Qadimiy anʼanalarni qayta tiklagan Soʻzana va kashtachi”,
“Eng yosh mahoratli Soʻzana va kashtachi”
Festivalining yakuniy qismida gala-konsert dasturi bo‘lib, unda Nurota tumani “Nurjahon” folklor jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan dasturi hamda Oʻzbekiston Davlat filarmoniyasi Navoiy viloyati boʻlinmasining bir guruh xonandalari tomonidan diltortar ashulalar ijro etildi.