Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 08.07.2024 17:27

Mening bog'im

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya qoʻmitasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda “Mening bogʻim” loyihasi boʻyicha tashabbus koʻrsatilib, tumanimizdagi Mustaqillik va Avazsoy MFY lari hududlarida istirohat dam olish bogʻi tashkil etish boʻyicha loyihalar “Tashabbusli byudjet” portaliga joylashtirilgan edi.

Tanlov va ovoz berish jarayonlari yakunlariga koʻra tumanimizdagi Mustaqillik MFY hududida dam olish maskani tashkil etish loyihasi gʻolib deb topildi.

Shu munosabat bilan tumanimiz aholisiga yana qulaylik yaratilib, mazmunli dam olishlari uchun sharoitlar yaxshilanishiga erishiladi.