Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 20.05.2024 15:46

Ochiq muloqot

Nurota tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash borasida qilingan ishlar hamda ularga berilgan imtiyozlar hamda tijorat banklari tomonidan aholiga berilayotgan kreditlar xususida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. 


Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Bo‘riyev ishtirok etib, tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Sanoat korxonalari soni 340 taga yetib, 2017-yilga (215 ta) nisbatan 1,6 barobarga;

Sanoat mahsulotlari 398,7 mlrd.soʻmni tashkil etib, 2017-yilga (160,3 tlrd.soʻm) nisbatan 2,5 barobarga;

Eksport hajmi 6,8 mln. dollarni tashkil etib, 2017-yilga (0,7 mln dollar) nisbatan 9,7 barobarga;

Xorijiy investitsiya 10,1 mln. dollarga yetkazilib, 2017-yilda oʻzlashtirilmagan.

Maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi 2017-yildagi 41,0 foizdan 73,6 foizga yetdi.

Ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasi 2017-yildagi 23,7 foizdan 72,3 foizga yetdi.

Ayniqsa, mahalladagi “yettilik”ning tashkil etilishi orqali tumandagi 31 ta mahallaning har bir xonadonini 217 nafar xodimlar tomonidan toʻliq xatlovdan oʻtkazildi.

Tumanda:

iqtisodiy faol aholi – 36,8 ming nafarni;

ish bilan band boʻlgan aholi – 34,1 ming nafarni (shundan: 1,5 ming nafari chet elda);

ishsizlar soni 2,6 ming nafarni (7,3 foiz) tashkil etdi. (2024-yil yakunida ishsizlar soni 2,5 ming nafarni 6,8 foizga bajarish choralari koʻriladi).

Shuningdek, joriy oʻquv yilni tamomlaydigan bitiruvchilardan 1,4 ming nafari mehnat bozoriga kirib kelishi kutilmoqda.

  1. Tuman sektor rahbarlari tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda sektorlar kesimida 9 697 ta yangi ish oʻrinlari tashkil qilish boʻyicha alohida dasturlar ishlab chiqilib, Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida muhokama qilinib tasdiqlandi.

2024-yilda tumanda jami 9 697 ming ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Jumladan, investitsiya loyihalarida 1 669 ta, xizmat koʻrsatishda 2 075 ta, qishloq xoʻjaligida 5 535 mingta, qurilish sohasida 418 ta.

  1. 1. Investitsiya yoʻnalishida – 42 ta hududiy hamda 1 ta tarmoq loyihalarda 1 669 ta ish oʻrni yaratiladi.

Hududiy investitsiya loyihalarida:

1561 nafar sanoat yoʻnalishida, 50 nafar xizmat yoʻnalishida, 58 nafar qishloq xoʻjaligi loyihalarida tashkil etiladi.

Misol uchun, “Foright granite mine” MCHJ XK umumiy qiymati 20,0 mln dollar xorijiy investitsiyalar hisobiga “granit xarsanglari qazib olish hamda qayta ishlash”ni tashkil etish loyihasi amalga oshirilishi natijasida 50 ta ish oʻrni;

Shuningdek, “Premier textile” XK tomonidan qiymati 10,0  mlrd.soʻmlik tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi ishga tushirilib, 150 ta ish oʻrin yaratiladi.

  1. Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida – 5 535 nafar (217 nafar doimiy va 5 318 nafar mavsumiy) aholi bandligi taʼminlanadi.

Jumladan, joriy yilda dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer maydonlari auksion savdolariga chiqarish orqali 209 nafar aholi bandligi taʼminlanadi.

Bundan tashqari, tumanda faoliyat olib borayotgan fermer xoʻjaliklari qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda 2 267 nafar (shundan 2 252 nafar mavsumiy, 15 nafar doimiy), aholi va pilla yetishtirish mavsumida 916 nafar (shundan 826 nafar mavsumiy, 90 nafari doimiy) hamda agroklasterlarda 1170 nafar, gʻalladan boʻshagan yer maydonlarda takroriy ekinlar ekilishini tashkil qilish hisobiga 32 nafar, dala tomorqasida mavsumiy ekinlarni ekish ishlari boʻyicha oʻzini-oʻzi band qilish hisobiga 592 nafar, suv xoʻjaligi obyektlari muhofaza zonasi atrofidagi yerlar hisobiga 349 nafar aholi bandligi taʼminlanadi.

  1. Xizmat koʻrsatish sohasida – 2 075 ta ish oʻrni yaratiladi.

Jumladan, xizmat koʻrsatuvchi subyektlarda tashkil etiladigan ish oʻrinlari (yuridik va YATTlardagi yangi ish oʻrinlari hisobiga) 415 nafar, xizmatlar sohasida oʻzini-oʻzi band qilish hisobiga 1160 nafar va norasmiy ish oʻrinlarini rasmiy sektorga oʻtkazish hisobiga 500 nafar yangi ishchi oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Misol uchun, 80 ta xizmat koʻrsatish obyektlarini ishga tushirish natijasida, 174 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

  1. Qurilish sohasida – 418 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Jumladan, 118 nafar uy-joy qurilishi, 98 nafar sanoat korxonalar qurilishi yoʻnalishida, 111 nafar ijtimoiy obyektlar qurilishida, 91 nafar avtomobil yoʻl qurilishida yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Tumanda 4 ta koʻp qavatli uylar qurilishi natijasida jami 76 ta vaqtinchalik ish oʻrinlari, sanoat korxonalarini ishga tushirish natijasida 60 nafar vaqtinchalik ish oʻrinlari yaratiladi.

  1. Tumanning barcha imkoniyat va zaxiralarni tahlil qilib, joriy yil yakuniga qadar 3 ta loyihalarda 50,0 mln dollarlik xorijiy investitsiyalar va kreditlar oʻzlashtirilishi rejalashtirib olingan.

Misol uchun, “Si fang kuang ye”MCHJ XK  negizida granit toshlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasida 10,0 mln dollar xorijiy investitsiyalar  oʻzlashtiriladi. Hozirgi kunda, loyihaning birinchi bosqichi ishga tushirilgan.

Shuningdek, “Foright granite mine” MCHJ XK negizida granit toshlari qazib olish va qayta ishlab chiqarishni tashkil etish doirasida 20,0 mln dollar xorijiy investitsiya oʻzlashtiriladi. Hozirgi kunda, loyiha doirasida amaliy ishlar boshlangan;

 

Bundan tashqari, Viloyat hokimining Xitoy davlatiga tashrif davomida 80 mln dollarlik 3 ta loyiha boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Misol uchun, “Fujian xinwancheng investment” MCHJ XK tomonidan 20 mln dollarlik granit toshlarini qazib olish va  qayta ishlab chiqarish loyihasi.

Mazkur loyiha doirasida joriy yilning oʻzida 5,0  mln dollar xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilishi rejalashtirilgan.

III. Nurota tumanida eksport koʻrsatkichlari joriy yilda 10,2 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshiriladi.

Xususan, mavjud ishlab chiqarish korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini eksportga yoʻnaltirgan holda 1,5 mln dollarlik sanoat mahsulotlari eksporti amalga oshiriladi.

Misol uchun, “Premier textile” XK korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan 8 mln dollarlik tayyor trikotaj mahsulotlari;

Shuningdek, “Sagdiana non” MCHJ tomonidan 0,5 mln dollarlik meva-sabzavot mahsulotlar eksporti amalga oshiriladi.

  1. 2023-yilda import hajmi 3,2 mln dollarni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan 1,33 barobarga oshgan.
  2. Tuman markazida aholi zichligi yuqori boʻlganligi sababli, uy-joyga talab oshib bormoqda. Bugungi kunda, tumanda uy-joyga boʻlgan talab 137 ta xonadon, loyiha qiymati 38,4 mlrd.soʻmni tashkil etadi.

Shuning uchun, hozirgi kunda zaxira va imkoniyatlarimizni inobatga olgan holda Mustaqillik mahallasi hududida 80 ta xonadondan iborat boʻlgan 4 ta koʻp qavatlik turar-joy majmualari qurish ishlari olib borilmoqda.

  1. 1. Nurota tumanidagi Kichik sanoat zonasi Istiqbol MFY hududida 13,5 mlrd soʻm ajratib, kommunikatsiya tarmoqlari tashkil etish hisobiga qiymati 13,2 mln dollarlik 6 ta investitsiya loyihalarini joylashtirish evaziga 300 nafar aholi bandligi (250 nafar doimiy) taʼminlanadi.

Jumladan, ichimlik suvi taqminotini tashkil etish uchun – 4,8 mlrd.soʻm (3,5 km), elektr energiyasi taʼminoti uchun

- 8,1 mlrd.soʻm (11,7 km), tabiiy gaz taʼminoti uchun 1,5 mlrd.soʻm

(0,6 km).

Xususan, “Kichik sanoat zonasi”da infratuzilmasi tashkil etilishi evaziga tadbirkor “Si fang kuang ye” XK da  10,0 mln dollardan iborat boʻlgan “granit toshlari qayta ishlashni” tashkil etadi.

Natijada yiliga 1,5 mln dollarlik eksport amalga oshiriladi.

  1. Tumandagi “Premier textile” xususiy korxonasi Istiqbol MFY hududidagi kichik sanoat zonasida, 1,0 mln dollar investitsiya oʻzlashtirib tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Natijada 150 nafardan ortiq ish oʻrni yaratiladi, yiliga 1,5 mln dollardan ortiq eksport amalga oshirilib hamda byudjetga 2,2 mlrd soʻm tushum tushadi.

  1. Xorijiy investor “Foright granite mine” MCHJ xorijiy korxonasi 20 mln dollarlik investitsiya kiritib, granit toshlarini qayta ishlashni tashkil etish loyihasini ishga tushirilishi natijada 200,0 ming metr kvadratdan ortiq mahsulot ishlab chiqariladi hamda 50 ta doimiy yangi ish oʻrni yaratiladi.

Bundan tashqari, tumandagi Suvliq MFYda 45  gektar yer maydonini yer toifasi yaylov yerdan oʻzgartirib, 7 ta korxona tomonidan granit toshlari qazib olishni yoʻlga qoʻyiladi.

    Shuningdek, mazkur konlar ishga tushirilishida natijasida 200 dan ortiq ish oʻrinlari qoʻshimcha 3,6 mlrd soʻm tushum tushadi (2023-yilda 1,5 mlrd tushgan).

  1. Xitoyning “He Shan Shi Cai” MCHJ xorijiy korxonasiga ajratish hisobiga qiymati 5,0 mln dollarlik investitsiyalar oʻzlashtirish hisobiga 15,0 ming kub xarsang toshlari qazib olish yoʻlga qoʻyiladi.