Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 21.04.2024 10:22

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Nurota “Dehqon bozori” MCHJ taʼmirtalab ahvolda ekanligi yuzasidan chop etilgan maqola yuzasida rasmiy munosabat



Nurota tuman “Dehqon bozori” MCHJ tuman markazidagi “E.Sudur” MFY hududida joylashgan boʻlib bozorda asosan yakshanba kunlari savdo yarmarkalari tashkil qilinadi.
Nurota tumani markazida joylashgan “Dehqon bozori” hududida 2 ta savdo rastalari hamda hududidagi tadbirkorlarga tegishli boʻlgan savdo doʻkonlarini mavjud boʻlib, bugungi kunda taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan. Mazkur bozorni rekonstruksiya qilish, yer maydonini asfaltlash hamda hududidagi savdo doʻkonlarini zamonaviy arxitektura talablari asosida taʼmirlash boʻyicha taklif loyihalar ishlab chiqilayotganligi hamda ishlab chiqilgan taklif loyihalari tegishli tashkilotlar bilan kelishilgandan soʻng belgilangan tartibda taʼmirlanishi nazarda tutilganligi maʼlum qilinadi.