Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 07.03.2024 23:12

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi


Nurota tumani hokimi Azamat Ismatovich Fayziyevning 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi


Assalomu alaykum, Aziz ayollar!

Muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar!

Avvalo, sizlarni, sizlarning timsolingizda barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni ezgulik va goʻzallik bayrami 8-mart — Xalqari xotin-qizlar kuni bilan tumanimiz faollari, keng jamoatchilik nomidan samimiy muborakbod etaman!

Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va koʻrki boʻlgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat boʻlib kelgan va shunday boʻlib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz goʻzal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.

Aziz va muhtarama opa-singillar!

Vatanimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim oʻrin va mavqega ega. Shu bois, ayollarimiz mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi barcha sohalarda xususan, davlat boshqaruvi va vakillik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sogʻliqni saqlash, taʼlim, maʼrifat, madaniyat va boshqa sohalarda samarali mehnat qilishmoqda.

Bugungi kunda tumanimizda turli jabhalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlarimiz 2024-yilning oʻzida qariyb 21 nafari oʻzining tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyib, ular tomonidan 50 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. 79 nafar ayollar kasb-hunarga qayta tayyorlanib, 124 nafarining bandligi taʼminlandi.

Joriy yilda Mahallalarda “Mahallada ijtimoiy xizmat moduli” asosida xotin-qizlar faollari tomonidan qisqa muddat ichida 240 taga yaqin oilalarning ijtimoiy xizmatlar bilan bogʻliq muammolari aniqlanib, bugungi kunda muammolar oʻz yechimini topmoqda. Bundan tashqari, 2024-yilda “Ayollar daftari”ning 5-bosqichi doirasida 425 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi. 5 nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun kreditlar ajratilishi rejalashtirilgan, shuningdek, ayollar daftariga kiritilgan 2178 nafar ayollarimizga moddiy yordamlar ajratish, 92 nafar uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolari hal etilib, ularga bir davomida  xar biriga 500 ming soʻmdan uy-joy ijara kompensasiyasi toʻlab berilishi koʻzda tutilgan.

Qadrli opa-singillar!

Yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oila mustahkamligini taʼminlash davlat siyosati darajasida ekanligi  bilan har qancha faxrlansak arziydi.

Biz bugun oʻzining fidokorona mehnati, erishgan ulkan yutuqlari, davlat va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki, ibratli fazilatlari bilan xalqimiz oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan yuzlab opa-singillarimizning nomlarini hurmat bilan tilga olamiz.

Tumanimizda ham bu kabi faoliyat olib borayotgan bir guruh ayollarimiz mehnatlari alohida etirof etilib kelinmoqda. Jumladan, kuni kecha tumanimizdagi hunarmand, tadbirkor Saodat Fayziyevaning “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganligi, qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida"gi Farmoniga asosan, Nurota tumanidagi “Nurota naslchilik masʼuliyati cheklangan jamiyat” bosh choʻponi Toʻychiyeva Shohista Xolboyevna “Shuhrat” medali bilan taqdirlangani, eng quvonarlisi tumandagi “Qosimqaji-Meruyert” masʼuliyati cheklangan jamiyat direktori Omonboyeva Meruyert Erkin qizining “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti bilan takdirlanganligi fikrimiz isbotidir.

Hurmatli onaxonlar, opa-singillar!

Soʻzimning oxirida barchangizni Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.

Mening tilagim va niyatim bitta; oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamisha sogʻ-omon boʻlinglar!

Barchangizga oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga tinchlik, fayzu-baraka tilayman. Doimo xalqimiz, Vatanimizning yuksak mehri va ardogʻida boʻlish hammangizga nasib etsin!

Yana bir bor bayramingiz muborak boʻlsin.