Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Beybut Bakirovich Atamkulov boshchiligidagi delegatsiya Nurota tumaniga tashrif buyurdi.
Delegatsiya vakillarini viloyat hokimi oʻrinbosari S.Mirzayev, tuman hokimi A.Fayziyev kutib olindi hamda mehmonlar dastavval tumanidagi Ayteke Biy majmuasini ziyorat qilishdan boshlashdi.
Delegatlar bu yerdagi obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishar ekan, joriy yilning may oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Ayteke Biyning 380-yilligini keng nishonlash hamda Oʻzbek va Qozoq millati tarixida siyosiy arbob, tarixiy shaxs sifatida tutgan oʻrni hamda ikki qardosh davlatlarning madaniyati, tili va tarixining oʻzaro bir ekanligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.
Mehmonlarning keyingi manzili “Chashma” tarixiy-meʼmoriy majmuasi boʻlib, ziyorat avvalida “Chilustun” masjidida qurʼon tilovat qilindi hamda ziyoratgohda amalga oshirilgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari va majmua tarixi bilan tanishtirildi.
Shuningdek, elchi tomonidan Nurotaning boy madaniy-merosi va turizm salohiyati Qozogʻiston Respublikasida keng targʻib qilinishi taʼkidlandi.