Nurota tumanida respublika ishchi guruhi bilan hamkorlikda Mahalla “yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha seminar-trening tashkil etildi.
Respublika ishchi guruhi hamda tuman hokimi A.Fayziyev rahbarligida oʻtkazilgan seminarda sektor rahbarlari, MFY raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektorlari va mahallalarga biriktirilgan soliq xodimlari ishtirok etishdi.
Unda mahalla yettiligi vazifalari va faoliyatini samarali tashkil etishda “Andijon tajribasi” doirasida yo‘l xaritasi, mahalla balansi, bandlik dasturi hamda ish rejalari va funksional vazifalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, “yettilik” va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlar bandligini taʼminlash, ularni qoʻllab-quvvatlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, xotin-qizlar faollarining vazifalari, hududdagi xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini oʻrganish hamda hal etilishiga koʻmaklashish, profilaktika inspektorlarining mahallalarda olib boradigan asosiy ishlari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, soliq xodimlariga mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda oʻzini oʻzi band qilganlarga kichik biznes toifasiga oʻtishga koʻmaklashish, ijtimoiy xodimlarga yolgʻiz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish kabi amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi.