JANUBIY KOREYALIK INVESTOR BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI
Uchrashuvda Janubiy Koreyaning “FOSE” kompaniyasi rahbari Park Yong Sik, “RAAR” MCHJ rahbari B.Rajabov, viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari E.Gʻafforov hamda tuman hokimi oʻrinbosari R.Azimovlar ishtirok etishdi.
Muzokara davomida Nurota tumanida “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishni tashkil etish” loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Jumladan, “RAAR” MCHJ tomonidan tumandagi “Shoxsoy” uchastkasidan auksion savdolari orqali sotib olingan, umumiy maydoni 9 gektar boʻlgan oltin konini elektr energiyasi hamda texnik suv bilan taʼminlash masalalari, loyihani amalga oshirish muddatlari kabi masalalar koʻrib chiqildi.
Ushbu loyihaning umumiy qiymati 3,0 mln dollar boʻlib, yaratiladigan yangi ish oʻrinlari 60 ta hisoblanadi.
Joriy yilning mart-aprel oylarida uskunalar keltirilib qurilish-montaj ishlari olib boriladi. Loyihani ishga tushirish muddati etib joriy yilning may oyi belgilangan.