Davlatimiz rahbarining 2024-yilda taʼlim, sogʻliqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaga masʼul hokimlar har hafta bitta maktabga borib, oʻquvchilarni sharoiti va tarbiyasi bilan shugʻullanishlarini taʼkidlab oʻtgan edi.
Shu maqsadda Nurota tumani hokimi A.Fayziyev tumandagi 3- umumtaʼlim maktabi oʻquvchilarning ota-onalari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomadi, darsga sababsiz kelmaydigan bolalar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Bundan tashqari ota-onalar oʻzlaring fikr-mulohazalarini bildirib, oʻz takliflarini bildirishdi.
Shuningdek, suhbat jarayonida oʻquvchilarning dars qoldirmasliklari, ularni doimiy nazoratga olish va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari yuzasidan tushuntirishlar olib borilib, tegishli tavsiyalar berildi.