Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 13.02.2024 14:23

Sport musobaqasi g'oliblari aniqlandi

“STOL TENNIS” TURI BO‘YICHA TUMAN HOKIMI ANAʼNAVIY IV - KO‘CHMA KUBOGI MUSOBAQASI G'OLIBLARI TAQDIRLANDI


Nurota tumanida "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"ga bagʻishlab "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi Sogʻlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-6099-son Farmoni ijrosini taʼminlash shuningdek, tumanimizda “Stol-tennis” sport turini yanada kengroq targʻib qilish va ommaviylashtirish maqsadida 18 yoshga to‘lgan va undan yuqori boʻlgan barcha fuqarolar oʻrtasida sportning “Stol tennis” turi bo‘yicha tuman hokimi anaʼnaviy IV - ko‘chma kubogi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamda Sport maktabi hamkorligida o‘tkazilgan musobaqada tuman hokimi A.Fayziyev ishtirok etib, tumanimiz aholisi oʻrtasida sport bilan muntazam shugʻullanayotganlarni aniqlab, ular oʻrtasida sport musobaqalari oʻtkazish va doim qoʻllab-quvvatlanishlari taʼkidlandi.

Nurota tumanida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish, ularni jismoniy chiniqtirish, hamda sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari maqsadidagi oʻtkazilgan musobaqada 1-oʻrinni O.Poʻlatov, 2-oʻrinni A.Choʻliyev, 3-oʻrinni O.Ibragimov hamda I.Xoliqovlar egallashdi.

Shuningdek, g'oliblar tumani hokimining koʻchma kubogi, diplom va estalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.