Nurota tumani hokimi A.Fayziyev hamda tuman sektor rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda tibbiyot birlashmasida aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish ahvoli, tibbiyot xodimlarining oʻz ish faoliyatiga yondoshuvi, tibbiyot tizimida mavjud muammo va kamchiliklar boʻyicha tanqidiy yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish davomida tuman tibbiyot birlashmasining koʻp tarmoqli poliklinika boʻlimiga murojaat qilgan bemorlar chuqur tahlillar asosida oʻtkazilmaganligi, masʼul xodimlarning ish faoliyatiga beparvolarcha yondoshayotganligi taʼkidlab oʻtildi.
“Tuman tibbiyot birlashmasi tarkibiga kiruvchi QVP va OSHPlarda aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha tibbiy konteyner bilan taʼminlanganligiga qaramay aholiga sifatli tibbiy koʻrsatish sust olib borilmoqda”.
Yigʻilishda tuman tibbiyot birlashmasining koʻp tarmoqli poliklinikasiga turli yoshdagi aholga birinchi yordam koʻrsatish ahvoli yetarli darajada emasligi taʼkidlandi.
Shuningdek, onalik va bolalikni muhofaza qilish, istalmagan homiladorlikni oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy koʻrib chiqildi.
Tuman hokimi A.Fayziyev raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda tibbiyot tizimida ishlovchi xodimlarning 50% dan ortigʻi xotin-qizlar ekanligini inobatga olinib, ijtimoiy maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, xotin-qizlar jinoyatchiligi oldini olish va tumanda onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida birlashmada boshlangʻich xotin-qizlar tashkiloti raisni saylash boʻyicha tashkiliy yigʻilish oʻtkazish topshirig'i berilib, har oyda tanqidiy-tahliliy nazorat oʻrnatish vazifasi topshirildi.
Shuningdek, yigʻilishda koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar boʻyicha “Yoʻl xarita” ishlab chiqib, kunlik monitoringni yoʻlga qoʻyish kerakligi ta'kidlandi hamda mutasaddi rahbarlarga bu bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Tuman tibbiyot birlashmasi rahbari oʻrinbosarlari va poliklinika mudiri lavozimlariga munosib kadrlarni tanlash va boshqaruvni toʻliq nazorat qilish, shuningdek birlashmada ishlovchi xodimlar oʻrtasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, odob-axloq qoidalariga soʻzsiz amal qilish, barcha xodimlarni oʻziga yuklatilgan vazifani chin dildan masʼuliyat bilan bajarishlari uchun “Temir intizom” tendensiyasini birlashmada joriy etish “Shaxsiy masʼuliyat” etib begilandi.
Yigʻilish davomida ish faoliyatida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodim va masʼullarga qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy chora koʻrish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berilib ijrosi nazoratga olindi.