Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 02.02.2024 18:26

Sayyor sud va sayyor qabul

Joriy yilning 1-fevral kuni Nurota tumanidagi “Gʻafur Gʻulom” mahalla fuqarolar yigʻini binosida tuman sudi raisi F.Raxmanov tomonidan sayyor qabul va  sayyor sud majlisi oʻtkazildi.


Oʻtkazilgan sayyor sud majlisida 18 nafar IIB Probatsiya hisobida boʻlgan mahkumlarga nisbatan materiallar koʻrib chiqilgan boʻlib, shundan 15 tasi jazodan muddatidan ilgari ozod qilish yuzasidan, 3 tasi esa jazoni ogʻirrogʻiga almashtirish yuzasidan taqdimnomalar koʻrib chiqilib, taqdimnomalarning barchasi qanoatlantirildi.

Sayyor qabul davomida bir nechta fuqarolarning murojaatlari huquqiy tushuntirishlar berish yoʻli orqali ijobiy hal qilindi.

Shuningdek, yigʻilishda sud raisi, sud qarorlarini qayta koʻrishda viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish bilan birga ularning masʼuliyatini oshirish, sud qarorlaridan norozi boʻlgan tarafning sud qarori ustidan shikoyat qilish huquqidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Fuqarolik hamda Iqtisodiy protsessual kodekslariga, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi hamda Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligini, “Sud qarorlarini qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2023-yil 25-dekabrda qabul qilingan va 2024-yilning 1-yanvar kunidan amalga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonuni bilan sud qarorlarini qayta koʻrish sohasida muhim oʻzgartirishlar amalga oshirilganligini taʼkidlab oʻtish bilan bir qatorda, endilikda birinchi instansiya sudida koʻrilgan ishlar viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlar mazkur sudlarda taftish tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida koʻrilgan ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlarida taftish tartibida qayta koʻrilishini, alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlarii tomonidan koʻrilgan ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida qayta koʻrilishi toʻgʻrisida, bundan tashqari endilikda hukm ustidan shikoyat va protest berish muddati 10 kun etib belgilanganligi toʻgʻrisida yigʻilganlarga tushuntirishlar berildi.

Furqat Raxmanov,
Jinoyat ishlari boʻyicha
Nurota tuman sudi raisi