Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 02.02.2024 18:22

Tuman hokimi Tayvanlik investorlarni qabul qildi

TAYVANLIK INVESTORLAR BILAN OLIB BORILAYOTGAN MUZOKARALARNING II BOSQICHIGA START BERILDI


Nurota tumani hokimi A.Fayziyev Tayvanning biznes delegatsiya vakillari bilan ikkinchi bosqich muzokaralarini olib borishdi.

“ROTIME TECH LIMITED” kompaniyasi rahbari Mou, “DATATEK TECHNOLOGY” Co., LTD. rahbari Rey Hang, “CHUMPOWER MACHINERY CORP.” prezidenti Bush Hseh, hamda “KINPO ELECTRONICS INC.” rahbari Erik Shiyaular oʻzlarining biznes taqdimotlari bilan yaqindan tanishtirishdi hamda ularga tumanning investision salohiyati toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Shuningdek, xorijlik investorlar tuman hududida 35,0 mln. dollar bo‘lgan “Sorbentlar” guruhiga mansub mahsulotlar (faollashtirilgan koʻmir, sulfat koʻmir, kationitlar va anionitlar, texnik uglerod) ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish hamda marmar tosh, kvars toshini qayta ishlash, oltin qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha mavjud infratuzilmaning quvvatlari, yer maydoniga bo‘lgan talablari hamda lohiyani boshlash uchun aniq muddatlari bo‘yicha muzokaralar olib borishdi.