O‘zbekistonning Malayziyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Karomiddin Ibodovich Gadoev ishtirokida Nurota tumani hokimi A.Fayziyev hamda “RAFAHIA HOLDINGS BERHAD” kompaniyasi vakillari bilan videokonferensaloqa shaklidagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Muzokaralar kompaniya tomonidan Nurota tumaniga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy invetitsiyalar kiritish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokamasiga bag'ishlandi.
Jumladan, tumanda yetishtiriladigan tarvuz va pomidor mahsulotlaridan likopen ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo'yicha rejalar belgilandi.
Bundan tashqari, aqlli shahar (Smart city), yashil energiya, oltin qazib olish va undan buyumlar yasash kabi loyihalar tashabbusi ilgari surildi.
Mavjud imkoniyatlarni o'rganish va labaratoriya tekshiruvlarini o'tkazish uchun kompaniya vakillarining tumanga tashrifi rejalashtirilmoqda.
Maʼlumot uchun: “RAFAHIA HOLDINGS BERHAD” KOMPANIYASI 2011-yilda tashkil topgan boʻlib zargarlik buyumlari savdosi bilan shugʻullanadi. Shuningdek, kompaniya turizm, aviatsiya va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishlarida ham faoliyat yuritadi.