Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 31.01.2024 16:25

Matbuot anjumani

Joriy yil davomida Nurota tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Matbuot anjumani oʻtkazildi.


Matbuot anjumanida oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi G.Bobomurodova tomonidan 2023-yilda xotin-qizlar bilan ishlash sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Respublikamizda xotin-qizlar masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilib, xotin-qizlarimiz, oilalarimiz farovonligi uchun misli koʻrilmagan oʻzgarish va yanigiliklar yaratilib, keng imkoniyatlar eshiklari ochilib, natijali ishlash tizimi yaratildi.
Davlatimiz rahbarining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 401-sonli qarori, shuningdek oʻtgan yining 21-dekabrda “Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 208-sonli Qarorning qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining ustuvor vazifalar asosida maxallalalardagi xotin-qizlar faollari tizimli ishlash, xamkorlikni oshirish borasida manzilli ishlarni olib borilayotganligi toʻgʻrisida soʻz yuritildi.


Jumladan, tuman mahallalarda tuzilgan oqila ayollar harakati bilan birgalikda oʻtgan 2023-yilda 64 ta ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirilib, 13 ta notinch oiladan 11 tasi notinch oilalar roʻyxatidan chiqarildi.
Shuningdek, “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimi boʻyicha toʻrt bosqich asosida 7918 nafar xotin-qizlar muammolari hal etilgan boʻlsa, ushbu koʻrsatkich 2022-yilga nisbatan qariyb 5 barobarga ortganligi taʼkidlandi.


Birgina 2023-yilning oʻzida 2711 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilib, bugungi kunda ularning 2700 nafarining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari hal etildi, 11 nafari vafot etganligi munosabati amaliy yordam koʻrsatilmadi.
Anjuman davomida birlamchi (asosiy) ijtimoiy xizmatlar (yordamlar)ni koʻrsatish yoʻnalishida
– ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan 699 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi; (155 nafari kasbga oʻqitildi, 335 nafari doimiy ishga joylashtirildi, hamda 209 nafariga subsidiya asosida tikuv mashinka ajratildi).
– 2 toifa - tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan 51 nafar xotin-qizlardan 39 nafariga imtiyozli kreditlar ajratilgan;
– boquvchisini yoʻqotgan 506 nafar xotin-qizlarga, jumladan, ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek tezkor tibbiy yordamga muhtoj 1132 nafar xotin-qizlarga hamda qaramogʻida nogiron farzandi mavjud 243 nafar xotin-qizlarga jami 1 mlrd. 623mln. soʻm miqdorida moddiy yordamlar koʻrsatildi;
– boquvchisini yoʻqotgan 31 nafar hamda ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan va tezkor tibbiy yordamga muhtoj 15 nafar jami 46 nafar xotin-qizlarning uy-joylari taʼmirlandi va jami 368 mln soʻm mablagʻ sarflandi.
– uy-joyga muhtoj boʻlgan 68 nafar xotin-qizlarga aprel-dekabr oylari uchun har oy 500 ming soʻmdan ijara kompensatsiya toʻlovlari toʻlab berildi;
– 2711 nafar xotin-qizlarga huquqiy yordam va psixologik maslahatlar berildi, 15 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga jami 159 mln soʻmlik davolanish hamda jarrohlik amaliyotlari uchun mablagʻ ajratilganligi taʼkidlab oʻtildi.
Joriy yilning 5-25-yanvar tumandagi mavjud 31 ta mfydagi 15930 ta xonadonlardagi 30 yoshdan oshgan 18427 nafar xotin-qizlar xatlov kilinib, anketa soʻrovnomalari toʻldirildi. 141 nafariga xatlov oʻtkazilmadi. 64 nafari ichki, 77 nafari tashki migratsiyadagi xotin-qizlar.
Bugungi kunda 6 ta toifa boʻyicha Ayollar daftari 5-boskich uchun roʻyxatlar mahallalar kesimida shakllantirib borilayotganligi toʻgʻrisida axborot berildi.