Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 29.01.2024 17:06

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarning birida Nurota tumanida Yangi yil arafasida tuman hokimi tomonidan tashakkurnoma olgan korxona va tashkilot xodimlariga ragʻbatlantirish berilishi koʻzdan tutilgan ammo, hokimiyat haliyam jim, ushbu pullar nega berilmayapti?-mazmunidaga murojaat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.
Tuman hokimligining 2023-yildagi 223-5-74-F/23-sonli farmoyishiga asosan 2023-yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi uchun tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari (MFY raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin qizlar faollari v.b) tuman hokimligining tashakkurnomasi bilan taqdirlangan.
Mazkur farmoyishning 2-bandiga muvofiq tuman hokimligining tashakkurnomasi bilan taqdirlangan faollarni qonunchilikda belgilangan tartibda bir oylik maosh miqdorida moddiy ragʻbatlantirish choralarini koʻrish tavsiya etilgan.
Biroq, aksariyat korxona, tashkilot va muassasalarning 2023-yilga moʻljallangan xarajaatlar smetasida xodimlarni ragʻbatlantirish uchun mablagʻlar rejalashtirilmaganligi munosabati bilan tuman hokimligining “Tashakkurnomasi” bilan taqdirlangan rahbar xodimlar bir oylik maoshi miqdoridagi mablagʻlar bilan ragʻbatlantirilmagan.