Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 29.01.2024 12:27

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etiladi

8baa4f9bc94a24a59d80e Tadbirkorlar reytingi: bu nima beradi?

“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori (PQ-39-son, 23.01.2024-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, 2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etiladi.

Reyting doirasida tadbirkorlar quyidagi toifalarga ajratiladi:

“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;

“VVV”, “VV” va “V” toifalar – oʻrta barqarorlik reytingi;

“SSS”, “SS” va “S” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;

“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.

Reyting Soliq qoʻmitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik tarzda (onlayn) shakllantiriladi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.

Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlar har yili 20-avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida taqdirlash uchun davlat mukofotlari hamda “Faol tadbirkor” koʻkrak nishoniga tavsiya etiladi.