Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 04.01.2024 17:27

2023-yil IV-choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar hisoboti toʻgʻrisida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 avgustdagi “Byudjet ma’lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3917-sonli hamda 2021 yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faolishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021 yil 22 apreldagi KQ-213-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 30,31-bandlariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashining 2021-yil 30 apreldagi Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida, Nurota tuman mahalliy byudjetida 2023 yilda shakllangan qo‘shimcha manbalarni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga yo‘naltirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi

QAROR QILADI:

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021 yil 22 apreldagi KQ-213-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 30-bandiga asosan 2023 yil 4-chorakdagi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i S.Haydarovning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirilishi yuzasidan ma’lumot 1-ilovaga muvofiq;
3. 2023 yil 4-choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar, ya’ni tashabbusli byudjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar 2-ilovaga muvofiq;
4. Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan (g‘olib deb topilgan) tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumot 3-ilovaga muvofiq;
5. 2023 yil 4-choragida o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayoni yakunlariga ko‘ra ishlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar bilan shartnomaga muvofiq yakuniy mablag‘larga nisbatan bo‘shab qolgan (iqtisod qilingan) qismini jamg‘armaga qayta tiklash miqdori to‘g‘risida ma’lumot 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi (S.Haydarov) hamda tuman g‘aznachilik bo‘linmasi (O.Nurmatov)lar tashabbusli byudjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni tuman hokimligi axborot xizmati (L.Mansurov) bilan birgalikda keltirilgan ilovalarga muvofiq shakllarda “Ochiq byudjet” axborot portali hamda chorakning birinchi oyining 25 sanasiga qadar joylashtirib borish vazifalari yuklatilsin.

7. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish,investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (F.Ermakov)ga, ijrosini ta’minlash tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (A.Bo‘riev) zimmasiga yuklatilsin.

I-JADVAL

II-JADVAL

III-JADVAL

IV-JADVAL