Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 26.12.2023 14:55

Nurota tumanidagi mavjud koʻp kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan brifing


Nurota tumanidagi mavjud koʻp kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan Davlat dasturlari va boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi “Koʻp kvartirali uylarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5152-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturi doirasida 2023/2024-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.

Bugungi kunda PQ-5152-sonli qarorning 2-ilovasiga muvofiq 2023-yil Davlat dasturlari asosida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali tender savdolarida “Navoiy Melioratsiya” MCHJ qurilish kompaniyasi tomonidan 1 217 000 soʻmga koʻp kvartirali uylarni joriy taʼmirlash ishlari yutib olingan boʻlib, tumandagi mavjud 12 ta 1990-yilga qadar qurilgan koʻp kvartirali uylarda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Jumladan loyixa-smeta hujjatlariga asosan;

7 ta koʻp kvartirali uylarning tom qismini joriy va mukammal taʼmirlash, 6 ta koʻp kvartirali uylarning kirish yoʻlaklarini joriy taʼmirlash, 12 ta koʻp kvartirali uylarning 48 ta elektr taqsimlovchi shitlarini taʼmirlash, 8 ta koʻp kvartirali uylarning yertoʻla qismidagi va 3 ta koʻp kvartirali uylarning uy ichidagi muhandislik tarmoqlarni taʼmirlash, 6 ta koʻp kvartirali uyning fasad qismini taʼmirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda 5 ta koʻp kvartirali uylarning tom qismini mukammal taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazildi va 2 ta uyning tom qismida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek 6 ta koʻp kvartirali uylarning 12 ta kirish yoʻlaklarini joriy taʼmirlash ishlari, 6 ta koʻp kvartirali uylarning fasad qismini taʼmirlash ishlari toʻliq yakunlandi.

Tumandagi “Eshon Sudur” va “Ibn-Sino” mahalla fuqarolar yigʻinlardagi 8 ta koʻp kvartirali uyning yertoʻla qismidagi muxandislik tarmoqlarini taʼmirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan boʻlib, 6 ta koʻp kvartirali uylarda taʼmirlash ishlari olib borildi.

Shu jumladan qarorning 3-ilovasiga muvofiq;

4 ta koʻp kvartirali uyning 1 ming kv.m yoʻlaklarni betonlash ishlarini amalga oshirish,

3 ta koʻp kvartirali uyning 14 ta energiya tejamkor quyosh batareyali tashqi yoritish chiroqlarini oʻrnatish ishlari amalga oshirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari BSK mablagʻlari hisobidan tumandagi 8 ta koʻp kvartirali uylarning 24 ta kirish yoʻlaklarini joriy taʼmirlash, 12 ta kirish yoʻlaklaridagi mavjud temir eshiklarga kodli qulflar oʻrnatish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda 24 ta kirish yoʻlaklarida taʼmirlash ishlari va 12 ta temir eshiklarga kodli qulflar oʻrnatish ishlarini toʻliq amalga oshirildi hamda 1 ta koʻp kvartirali uyning yertoʻla qismidagi muxandislik tarmoqlarini taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazildi.

Tumandagi “Eshon Sudur” MFY hududidagi 4 ta koʻp kvartirali uylarning ichimlik suv taʼminotini yaxshilash yuzasidan 1 ta suv inshooti olib kelinib, fundament quyish ishlari amalga oshirildi.

Mustaqilliq MFY hududidagi 8 ta koʻp kvartirali uyning 24 ta kirish yoʻlaklaridagi mavjud 72 ta energo tejamkor lampalar almashtirilib, 24 ta kirish yoʻlaklariga energo tejamkor harakat datchiklari oʻrnatish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek mulkdorlar tomonidan kunlik qilinayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy tarzda amaliy ishlar olib borilmoqda.