“HET” AJ Navoiy hududiy filiali Nurota tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i A.Haydarovning Nurota tumani aholisi va ijtimoiy soha ob’ektlarini 2023 yilda energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlari yuzasidan BRIFING
Assalomu alaykum,
Hurmatli brifing ishtirokchilari,
Hammamizga ma’lumki, Hurmatli Prezidentimiz tomonidan aholini va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida hamda tarmoqlar orqali elektr energiya ta’minotini yaxshilashda ulkan islohotlar olib borilmoqda. SHu o‘rinda Navoiy viloyati Nurota tumani hududidagi iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash va elektr energiyasidan samarali foydalanish hamda ortiqcha yo‘qotishlarni olidini olish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ Navoiy hududiy filiali Nurota tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan bugungi kunda 20809 ta(shundan 19670 ta aholi,1139 ta yuridik) iste’molchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Ushbu iste’molchilarga Nurota TETK balansidagi 1751 km 0.4-10 kVli elektr uzatish tarmoqlari, 10 ta 35-110 kVli nimstansiyalar hamda 473 dona 0,4-10 kVli transformator punktlari orqali elektr energiyasi bilan ta’minlab kelmoqda.
2023 yilning 11 oy (yanvar-noyabr) davomida iste’molchilarga jami 126 mln 500 ming kVt*soat elektr energiyasi etkazib berildi.
Tarmoqlarni yaxshilash va texnologik yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha bajarilgan ishlar
Tuman hududidagi 219,8 km 0,4-10 kVli havo elektr uzatish tarmoqlari, 1 dona 35-110 kVli podstansiya hamda 50 dona transformator punktlarida mukammal ta’mirlash ishlari (rejaga nisbatan 100% ga) hamda 350 km 0,4-10 kVli elektr uzatish tarmoqlari 2 dona podstansiya va 135 dona transformator punktlarida joriy ta’mirlash ishlari to‘liq bajarildi. Bundan tashqari, tuman hududidagi 35,4 km uzunlikdagi 0,4-10-35 kVli kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari tegib turgan daraxt shoxlaridan tozalanib ushbu tarmoqlarda deffekt izolyatorlar almashtirildi va tayanchlar oralig‘idagi salqi simlar tortilib, tartibga keltirildi.
Qurilish, modernizatsiya rekonstruksiya ishlarini bajarilishi bo‘yicha.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10-fevraldagi “2023-2024” yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-52 sonli qaroriga asosan 3 ta mahalalarda 32,5 km 0,4-10 kVli tarmoqlar hamda 8 dona transformator punktlarini rekonstruksiya qilish, yangidan qurish va mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 32,5 km tarmoqlarda rekonstruksiya, modernizatsiya ishlari bajarildi, xuddi shuningdek 4 dona transformator punkti yangidan qurildi, 2 donasi rekonstruksiya qilindi, 6 dona transformator punkti mukammal ta’mirlanib 689 dona temir-beton ustunlari yangilandi.
SHu bilan birga, tumanda aholi bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlar va qabullarda aholining bevosita kayfiyatiga ta’sir qiluvchi muammolarni hal etish maqsadida “HET” AJ Navoiy hududiy filiali Nurota tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 14 ta mahalalarda 57,3 km 0,4-10 kVli elektr tarmoq, 19 dona transformator punktlari qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar 57,3 km elektr tarmoq 19 dona transformator punkti yangidan o‘rnatildi. 2369 dona temir-beton ustunlar yangisiga almashtirildi.
Elektr energiyasini tejash bo‘yicha
Elektr energiyasini iqtisod qilish bo‘yicha 2023 yil uchun maqsadli ko‘rsatkichlar rejalashtirib olingan bo‘lib, ushbu rejaga asosan yil yakuniga qadar jami 7,9 mln.kVt.soat elektr energiyasini iqtisod qilish topshirig‘i berilgan.
Berilgan topshiriq bo‘yicha 2023 yil yanvar-noyabr oylari rejasi 7,9 mln kVt*soat bo‘lib, amalda 15,4 mln.kVt*soat ortiqcha elektr energiyasini iqtisod qilishga erishildi. (11 oylik tumanga belgilangan rejaga nisbatan bajarilishi 191 %ni tashkil etadi).