Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 20.12.2023 22:01

Nurota tumanida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Noodatiy tarzda o‘tkazilgan tadbirda tuman yoshlari bayramona dasturxon atrofida jam bo‘lishdi.

Tadbir avvalida tuman hokimi A.Fayziyev so‘zga chiqib, yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etib, tumandagi yoshlarning Respublika miqyosida erishilgan yutuqlari e'tirof etildi.

Shuningdek, taqdirlash marosimida tuman sektor rahbarlari tomonidan yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishdagi faolligi hamda O‘zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida tumanimiz sharafini munosib himoya qilgan bir guruh yoshlar tuman hokimligining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.