Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 25.12.2023 21:58

“SOGʻLOM HAYOT UCHUN 5000 QADAM”

NUROTA TUMANIDA “SOGʻLOM HAYOT UCHUN 5000 QADAM” AKSIYASI DOIRASIDA OMMAVIY YURISH MARAFONI OʻTKAZILDI.


“Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasi doirasida ommaviy yurish marafoni oʻtkazilib, unda yoshlar, keksalar, hamda yuzlab sportsevarlar ishtirok etishdi.

Marafonda tuman hokimi Azamat Fayziyev, yoshlar yetakchilari, musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan aholi oʻrtasida milliy armiyamizga gʻurur va iftixor tuygʻularini yanada oshirish maqsadida Navoiy shahar Sputnik qo'rg'oni 20022 harbiy qism harbiy orkestr jamoasi, faxriy qorovul jamoasi va desantchilar guruhining qo'l jangi chiqishlari hamda qurol-aslahalar koʻrgazmasi namoyish etildi.