Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 25.12.2023 21:54

Nurota tumani “Eng namunali tuman va shahar” tanlovining mutlaq g‘olibi

Xabaringiz bor, Nurota tumani “Eng namunali tuman va shahar” tanlovi gʻolibi deb eʼlon qilingan edi.

Bugun Nurota "Chashma" tarixiy-me'moriy majmuasi oldida nuroniylar, sportchi yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Eng namunali tuman va shahar” tanlovining mutlaq g‘olibiga Prezident sovg‘asi – “Damas” avtomobili va 15 million so‘mlik kitoblar to‘plamini tantanali tarzda kutib olindi hamda topshirildi.

Marosimda tuman hokimi A.Fayziyev so‘zga chiqib, tumanda ma’naviy-ma’rifiy ishlarda erishilgan yutuqlar, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda amalga oshirilgan ishlar yuzasida so‘z yuritib, barcha tumandoshlarni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabrikladi.