Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 27.11.2023 11:11

Matbuot anjumani

Joriy yil davomida Nurota tumanida “Tashabbusli byudjet” loyihasi orqali tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Matbuot anjumani oʻtkazildi.


Nurota tumani moliya boʻlimi mutasaddi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-aprelda “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5072-sonli qarori ijrosi boʻyicha tuman mahalliy byudjeti mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-aprelda “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5072-sonli qarori qabul qilindi. Nurota tumanida ushbu qaror ijrosi boʻyicha tuman mahalliy byudjeti mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish borasida tizimli ravishda amaliy ishlar olib borilmoqda.

2023-yil 9 oyi davomida Nurota tumani “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” ga jami 12 100.3 mln soʻm mablagʻlar shakllantirildi. Shundan, tuman mahalliy byudjeti tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi hisobidan 7947.8 mln soʻm, mahalliy byudjet qoʻshimcha manbalarining 30 foizi hisobidan 1073.6 mln soʻm, oldingi tashabbusli byudjet jarayoni yakunlariga koʻra ishlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar bilan shartnomaga muvofiq yakuniy mablagʻlarga nisbatan boʻshab qolgan (iqtisod qilingan) qismini jamgʻarmaga qayta tiklash hisobidan 1440.2 mln soʻmni tashkil qildi.

2023-yil 1-2 mavsumlarda Nizom talablariga muvofiq “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”dan gʻolib takliflarni aniqlash 3 ta bosqichda amalga oshirilib, joriy yilning 1-oktyabr holatiga “Ochiq byudjet” axborot portalida takliflarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ovoz berish jarayonlari yakunlangandan keyin fuqarolar tomonidan bildirilgan 14 ta takliflar tizim tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda “Ochiq byudjet” axborot portalida gʻolib deb topildi.

Jumladan: Nurota tumani Orosoy MFY Samari kishlogida joylashgan 39-sonli umumtaʼlim maktabining atrofini temir panjara bilan urash, yangi xojatxona va kumirxona kurish, sugorish tizimi uchun artizan kuduk kazish, maktabga suniy koplamali usti ochik stadion kurish (031257101006) yigʻilgan ovozlar soni 3181nafarni tashkil etib qiymati 1, 3 mlrd soʻmni tashkil qildi.

Temirqovuq MFY Temirqovuq qishlogʻida sunʼiy qoplamali stadion qurish loyihasi (1-sonli kasb-hunar maktabi hududidagi boʻsh turgan yer maydonidan) (031273354006) 3252 ovoz yigʻilib, 1.2 mlrd soʻm hisobida qurilib foydalanishga topshirildi.

Koʻktepa qishlogʻining katta yoʻldan qishloqgacha va ichki koʻchalar boʻylab 2200 metriga asfalt qoplamasini yotqizish. Oʻquvchilar maktabga kelish va ketishi uchun ichki yoʻlakchalarni shakllantirish loyihasi (03168717006)

3289 ta ovoz yigʻilib 1.3 mlrd soʻmni tashkili qildi.

18-sonli xorijiy tillarga ixtisoslashgan umumtaʼlim maktabiga 10 kilovattli quyosh paneli, sinf xonalari, maktab oshxonasi va oʻqituvchilar xonasiga hamda maktab kutubxonasiga zarur boʻlgan barcha mebel va orgtexnika jihozlari (03173272006) bilan taʼminlash loyihasi 3341 ta ovoz yigʻib, 1.1 mlrd soʻm qiymatda amalga oshirilib, yetkazib berilishi taʼminlandi.

Nurota tumani 10 maktab moddiy texnika bazasini mustaxkamlash 11 ta sinf xonalariga tegishli mebel jixozlari va 20 Dona zamonaviy monoblok kompyuterlari xamda 6 ta interaktiv doska sotib olish, 1 dona 10 kvt li dizel generatori sotib olish loyihasi (00155140006) 2538 ta ovoz yigʻilib, 750 mln.soʻm talab etilgan mablagʻ toʻliq moliyalashtirildi va loyiha amalga oshirildi.

Tumandagi 52 umumtaʼlim maktabi moddiy texnika bazasini yangilash. sinf xonalari uchun talab etiladigan barcha mebel va jihozlar, 15 komplekt zamonaviy monoblok. faollar zaliga, oʻqituvchilar xonasiga va kutubxona hamda raxbar va urinbosar xonalariga mebellar tuplami, oshxona uchun(bufet ) mebellar tuplami, va boshqa orgtexnika va oʻquv jihozlari bilan taʼminlash loyihasi (00123562006) 2281 ta ovoz toʻplanib, 497 .8 mln.soʻmni tashkil qildi va loyiha toʻliq amalga oshirildi.

Tumandagi 50-maktabda yuqori sinflar uchun sinf xonalari 13-maktab fililali uchun Mushkan qishlogʻidagi maktabga yuqori sinflap uchun sinf xonalari qurish loyihasi (00125980006) 2904 ta ovoz toʻplab, 800,0 mln.soʻm moliyalashtirildi va qurilish ishlari olib borildi.

Qadoq MFYda Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun 15-maktab xududida 45×25 oʻlchamli – usti yopiq sunʼiy qoplamali mini stadion qurish loiyhasi (0011826006) tanlovda 3554 ta ovoz toʻlanib, 1,0 mlrd soʻm mablagʻ moliyalashtirilib, qurilish ishlari olib borilmoqda.

Tumandagi 29-Maktab atrofini oʻrash, yangi hojatxona qurish, maktab binosini joriy taʼmirlash ishlarini bajarish loyihasi (0019235006) jami 2895 ta ovoz toʻplab, 600 mln.soʻm mablagʻ moliyalashtirildi.

Nurota tumani 27-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga 100 oʻrinli oʻquvchilar ovqatlanishi uchun oshxona, 20 kwt li quyosh batareyasi hamda maktabi moddiy texnika bazasini yaxshilash maqsadida: Monoblok kompyuter - 10 dona, Kondisioner -10 dona, Ragli printer Epson L 805 - 6 dona, sinf xonalari uchun jihozlar, faollar zali uchun kondisioner va jihozlar, Interaktiv sensor doska 10 dona sotib olish loyihasi (00134293006) ovoz toʻplash jarayonida 2925 ta ovoz bilan yakunlanib ajratilgan 600,0 mln.soʻm hisobidan amalga oshirildi.

Nurota tumani 6 sonli umumtalim maktabi moddiy texnika bazasini mustaxkamlash jumladan maktabga 220 kvt li kuyosh panellari sotib olib urnatish, 15 dona interaktiv doska sotib olish xamda 10 ta sinf xonalariga yangi parta, stol, stul va kitob jovonlari sotib olish loyihasi (00123930006) jami 2905 ta ovoz toʻplab, 800,0 mln.soʻm moliyalashtirilib, amalga oshirildi.

Tuman tibbiyot birlashmasiga mebel jixozlar sotib olish. Jumladan Funksional krovat 10 ta, yumshok krovati (funksiyasiz) 125 ta, tumbochka 200 ta , kiyim shkafi 50 ta, palata stoli 25 ta. uch oʻrinli oʻrindiq 35 ta, oshxona shkafi 5 ta, oshxona uchun stol-stul 16 komplekt, kushetka 32 ta. dori-darmon shkafi 50 ta , bir tumbali stol 70 ta, stul yumshok 150 ta, divan kreslo 10 komplekt. kitob jovoni 17 ta va 1 tuplam 20 kvlik kuyosh paneli urnatish loyihasi (00148584006) ovoz toʻplash jarayonida 3074 ovoz toʻplab, 1,2 mlrd.soʻm ajratildi.

Nurota tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabini moddiy texnik bazasini yangilash va yangi ochilgan kasblar boʻyicha zaruriy jihoz va uskunalar bilan taʼminlash loyihasi (00134801006) jami 2642 ta ovoz toʻplab, talab etilgan 500 ,0 mln.soʻm moliyalashtirildi.

Shuningdek, 2023-yil 3-chorakda “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” mablagʻlarini “openbudget.uz” rasmiy veb sayti orqali 2023-yilning birinchi va ikkinchi mavsumida gʻolib deb topilgan takliflar moliyalashtirilishi toʻgʻrisida hisobot 2023 yl 4-noyabrda tuman hokimligining www.nur-ota.uz rasmiy veb saytiga joylashtirildi.