Sessiya kun tartibidagi masalalar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4102-sonli qaroriga asosan hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha 2023-yilning oʻtgan davri mobaynida olib borilgan ishlar toʻgʻrisida.
2. Tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida.
3. Mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qoʻshimcha zaxiralarni aniqlash boʻyicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda toʻlanganligi, ular boʻyicha soliq qarzdorligi toʻgʻrisida.
4. Tumandagi hokim yordamchilari faoliyatini natijadorligini oʻrganish toʻgʻrisida.
5. Aholi sogʻligʻini tiklash va sogʻlom turmush tarzini tadbiq qilish borasida tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida.
6. Tumanda ekologik barqarorlikni taʼminlash borasida tuman ekologiya boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida.
7. “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbaalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”.
8. Boshqa masalalar.